Tasavvuf va badiiy ijod


Download 70.07 Kb.
bet40/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

Yog’iydir, yog’iy
Dunyo, dushman turar, g’ofil odamzod,
Mol bilan ovladi, yog’iydir, yog’iy.
O’n sakkiz ming derlar, kulli olamni,
Gunohi, fasodi yog’iydir, yog’iy.

Qul, qorabosh moling, oting, eshaging,
Ot, yarog’-asbobing, to’ning, to’shaging,
Sevgili xotining, o’g’ling-ushog’ing,
Dunyoning bor zoti yog’iydir, yog’iy.

Dunyo bir saroydir – soz bilan suhbat,
Sipohiga – dasgoh , shohlarga shavkat,
Shohlardan aylansa arkoni-davlat,
Barisi aylandi, yog’iydir, yog’iy.

Ot qarisa qolar, to’ydan, bayroqdan,
Bo’ri tishdan qolar, burgut tirnoqdan,
Boylar past ko’rinar quldan, qirnoqdan,
Bandisi, ozodi, yog’iydir, yog’iy.

Qabrda yorilar bag’ring pudagi,
Joningga balodir hassosi-sog’i.
Yigitlik mavsumi yetishgan chog’i,
32-Mavzu: Mashrab shе’riyatida rind va sоqiy timsоllari.
Mashrab o‘zbek adabiyoti tarixida eng ko‘p mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir mustazodlari ham, xuddi g‘azallari kabi, sho‘x va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir. Mumtoz she’riyatda murabba turining uzil-kesil mustahkamlanishi va takomilida Mashrab ijodining o‘rni katta. Uning romantik ko‘tarinkilik ruhi ufurib turgan asarlarini adabiyot tarixida murabba turida yaratilgan eng yetuk namunalar jumlasiga kiritish mumkin. Mashrabning g‘azal, mustazod va murabbalarida ishq-muhabbat, vafosadoqat mavzui yetakchi o‘rinda tursa, muxammas va musaddaslarida chuqur ijtimoiylik ustunlik qiladi, taqdirning kemtikligi va hayotning nosozliklaridan, davr (charx, falak) va adolatsiz muhitning shaxs boshiga tinimsiz keltirayotgan jabru jafosidan shikoyat, ta’qibtazyiqidan norozilik dardli mieralarda, ammo qat’iy va keskin ifodalanadi. Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy g‘oyalar ham, o‘sha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohangta’kidlari ham sezilarli o‘rin egallaydi. Shoir she’rlarida Allohning mavjudligi, boru birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi uzil-kesil va qatiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning o‘zgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi ta’limot to‘la-to‘kis qabul qilinadi. Mashrab fors tilida ham bir necha she’riy turlarda yetuk namunalarni yaratgan. Mashrab ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi shoirlar uning g‘azallariga taxmis va naziralar bog‘lashgan. Mashrab qoldirgan adabiy meros to‘la aniqlanib, o‘rganilgan emas. Ba’zi tadqiqotchilar juda ko‘p she’riy hikoyat va g‘azallarni o‘zida jamlovchi “Mabdai nur” nomli yirik asarni shoirga nisbat beradilar. Mashrab hayoti va ijodi haqida bir necha badiiy asarlar (roman, qissa, dostonlar va sahna asarlari) yaratilgan, shoirning asarlaridan namunalar qator xorijiy tillarga tarjima qilingan. Mamlakatimizning turli shahar va viloyatlarida Mashrab nomida istirohat bog‘lari va kinoteatrlar, maktab va kutubxonalar, ko‘chalar va jamoa xo‘jaliklari bor.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling