Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu:Vahdati vujud va Bеdil falsafasi


Download 70.07 Kb.
bet38/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

30-Mavzu:Vahdati vujud va Bеdil falsafasi.
Vahdat ul-vujud (arab. - jismoniy birlik) — abadiy yagona Allohgina bor deb hisoblovchi panteistik (qarang Panteizm) taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, jismoniy olam, predmetlar dunyosi haqiqiy emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shulasidir. Vahdat ul-vujud gʻoyasining namoyandalari (Ibn Arabiy, Mansur Xalloj va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb hisoblaganlar. Vahdat ul-vujud gʻoyasi ayniqsa 17—19-asrlarda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng tarqalishiga sabab boʻldi. Vahdati mavjud (arab. - mavjudot birligi) — Alloh bilan birga yagona moddiy olam bor deb hisoblaydigan taʼlimot. Bu taʼlimot tarafdorlari tabiatning abadiyligini tan oladilar, Alloh olamning oʻzida, unga singib ketgan deb qaraydilar. V. m. vakillari odam bu dunyodan voz kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olgʻa surdilar. Hindistonda V. m. qadimdan mavjud boʻlib, olamni moddiylik asosida tushunishga usta vor darajada ahamiyat berar edi. Shuning uchun koʻpchilik musulmon ruhoniylari bu taʼlimotga shubha va hushyorlik bilan qarar edilar. Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil bu taʼlimotning namoyandalari hisoblanadi. V. m. namoyandalari fikricha, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar oʻzaro bogʻliq, dunyo hamisha oʻzgarish, rivojlanish holatida turadi. V. m. tarafdorlari musulmon Sharqida tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi uchun falsafiy asoslar yaratib berdi. Muhammadjon Qodirov. VAHDONIYAT(arab. — yakkalik, yagonalik) — Allohning yakka-yagonaligini tanish va eʼtirof etish. Islomning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. Yahudiylik va xristianlik yakkaxudolik gʻoyasini ximoya qilsa ham, bu dinlarda uzil-kesil shakllanmadi. Qurʼonda aytilganidek, yahudiy dinida Uzayr paygʻambar, xristian dinida Hazrat Iso xudoning oʻgʻli deb eʼtiqod qilinadi (9:30). V. "Ixlos" surasida yaqqol va ravshan bayon qilingan. "Anbiyo" surasida esa "Agar (osmonu zaminda) Allohdan oʻzga xudolar boʻlganida har ikkisi buzilib ketar edi", deyilgan (21:22). Bu oyat zardushtiylikning ikkixudolik aqidasiga qarshi qaratilgan edi. Koʻpxudolik eʼtiqod shaklida tugab ketganligiga qaramay kishilar ongida turli koʻrinishda paydo boʻlib turadi. Hoz. zamonda islom olamida koʻpxudolik aqidasi eskilik sarqiti sifatida u yoki bu shaklda uchrab qoladi. Lekin yakkaxudolik xalq qalbida chuqur oʻrnashganligi uchun u endi rivoj tolmayapti. Koʻpxudolik xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi boʻlishiga olib kelgan, yakkaxudolik esa ularni birlashtirishda asosiy omil boʻlib xizmat qilgan, tor qabilachilik tuzumiga barham berib, millatlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Albatta, vahdatul vujud falsafasida «Hamma narsa Undan» tushunchasi bilan birga «Hamma narsa Udir» tushunchasi ham ba’zan qo’llaniladi. Biroq, shunga qaramay, buni «Tabiat – Xudodir» degan g’oyaga tenglashtirolmaymiz. «Hama narsa Udir» degan qarashda Xudoning zoti sifatlarida mujassam, degan fikr ifodalangan.Vahdatul vujud ta’limotiga ko’ra, olam uzluksiz o’zgarishda (transformatsiya, inqilob), Xudo har bir lahzada o’zgacha sha’n (surat) bilan zuhur etadi, yangi sha’n avvalgisiga o’xshamaydi, har bir odam iste’dodiga qarab bu o’zgarishlarni idrok etadi. Aql bilan buni to’la anglab bo’lmaydi. Faqat orif buni his etadi, chunki aql suratlarga bog’lanib qoladi, orif qalbi doim mohiyatga – haqiqatga qarab boraveradi. Alouddavla Simnoniy vahdatul vujud o’rniga vahdatush shuhud (yagona guvohlik yoki mushohada birligi) nazariyasini taqdim etgan. Bu nazariyaga ko’ra, Mutlaq zot sifatlari jami ashyolarga emas, balki inson qalbida jilolanadi. Insonning maqsadi esa musaffalanib, Mutlaq vujud nurini qabul qilishga tayyorlanib borishdir. Shunday qilib, orif inson – Mutlaq zotning sifatlari, qudrati va kamolining shahodati (guvohi) bo’la oladi. Bu ham, baribir, boya ko’rganimizdek, Ibn Arabiyda bor: Komil inson kichik olam bo’lgani uchun ulug’ olam xususiyatlarini aks ettiradi. Simnoniy Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Aynul Quzzot Hamadoniy fikrlarini qayta jonlantirib, insonning ilohga yaqinligini ta’kidlagan. Ammo Simoniy insonning Mutlaq zotga aylanishi, ijtihod, hulul kabi hodisalarga keskin qarshi chiqadi. Shunday qilib, tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan o’ziga xos ta’limotdir. Ammo shunisi borki, so’fiylar o’zlarini har doim faylasuflarga va kalom ahli (shariat ahli ulamolari)ga qarma-qarshi qo’yib kelganlar. Nega? Chunki kalom ahli Qur’on oyatlari, Payg’ambar hadislarini zohiran o’rganish, olam yaratilishi va tuzilishini aynan diniy tasavvurlar bilan tushuntirishdan nariga o’tmas, Islomni ham, iymonni ham aql bilan qabul qilish va ahkomlarning rasm-rusmlari, odatlarini mustahkam saqlash uchun kurashganlar. Shu bois so’fiylar ahli kalomni «muqallidlar», ya’ni o’tganlarga taqlid qiluvchilar, quruq aqidaparastlar deb ataganlar. Faylasuflar (chunonchi, Forobiy, Ibn Sino, Al-Kindiy, Ibn Rushd kabi) esa yunon donishmandlari Aflotun va boshqalarning tajriba va kuzatuv, mantiqiy tahlil va umumlashmalar orqali tabiat, inson va jamiyatni tadqiq etish yo’lidan borganlar. Ko’rinadiki, ahli kalomda ham, ahli hikmatda ham aqliy-mantiqiy ilm, tajriba qilish, bilim yig’ish yetakchilik qiladi.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling