Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omadli nikoh har kuni ta’mir etib turilishi kerak bo‘lgan binodir.
Rashk xususida. Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Abu Sufyon Savriy rahmatullohi alayh shaytoni la’in bilan uchrashib qoldi va unga dedi:
Ey shayton, sening ishlaringga taajubdaman, xabarlarda ko‘rdimki, yetmish ming yil Xudoyi taologa ibodat qilibsan, yana yetti yer va osmonda bir qarich joy yo‘qki, sen unda Xudoyi taologa sajda qilmagan bo‘lsang, oxiri farmonga bo‘ysunmay, isyonu tug‘yon bilan kofir bo‘lding. Shayton dedi: Ey Sufyon, do‘st - do‘stning qadrini yaxshi biladi, men sendan bir so‘z so‘rayin, shunga javob ber. Xudodan farishtalarga farmon bo‘ldi: «Men o‘zimga xalifa yaraturman, u mening huzurimda pok do‘st bo‘lg‘usi». Bu so‘zni eshitib: «Iloho, u bizdan nimasi bilan ortiq bo‘ladi?» deb so‘radim. Farmon bo‘ldi: «Inni a’lamu mo lo ta’lamun», ya’ni men bilganni sizlar bilmaysiz», deb. Odam safiyullohni yaratgandan so‘ng farmon bo‘ldi: «Sizlar Odam haqida so‘zlar aytar edingiz, endi unga sajda qilinglar». Rashk meni tang qildi, dedim: «Men uchun sendan o‘zgaga sajda qilmoq noloyiq». Bayt:
Ki fazling birla qilgil lutfi jovid72. “Avvaliga bir-birlarini tanimas edi. Ularni Sevgi degan g‘aroyib kuch topishtirdi. Ular ana shu kuch sehriga maftun bo‘lib qoldilar. Ajab, Sevgi hech qachon yolg‘iz yurmas ekan. Unga Hijron degan alanga ergashib keldi. Ular ana shu alanga otashida baravar kuya boshladilar. Nihoyat, Hijron alangasi so‘ndi - yu, Sevgi, Visol degan entiktiruvchi tuyg‘uni yetaklab keldi. Endi ular baxtiyor edilar. Ajab, Sevgi hech qachon yolg‘iz yurmas ekan. Endi u Sinov degan to‘siqni yetaklab keldi. Agar ular Sevgining qo‘lidan mahkam tutishganida bu to‘siqdan o‘tishlari mushkul emasdi. Ammo unday bo‘lmadi. Ular Sinov oldida chekindilar. O‘rtada Shubha, Rashk degan sharpalar o‘rmalab qoldi. Shunda ular o‘zlarini topishtirgan Sevgiga ilk bor ta’na toshi otdilar. Sevgi shunda ham ularni kechirdi. Sabot, Mehr degan kuchlarga oshno qilishga urindi. Ammo ular Sabotni ham, Mehrni ham unutdilar. O‘zlarini topishtirgan Sevgi degan «yovuz kuch»ga la’nat aytdilar! Shunda… Ularning qismatiga Hiyonat kirib keldi! Ular Sevgini ayblay-ayblay, oxiri… ajrashdilar… Qismat chorrahasida esa uchta begunoh go‘dak chirqillab qoldi. Besh yashar o‘g‘il, uch yashar qizaloq va yetim qolgan Sevgi…”73 Abdulloh ibn Ja’far o‘z qizini kuyovga uzata turib, bunday degan: «Rashkdan ehtiyot bo‘l, chunki rashk - taloq kaliti hisoblanadi. Mening senga nasihatim, eringga ko‘p ta’na qilaverma, chunki ta’na nafratni keltirib chiqaradi. Sen o‘zingga zeb berishing kerak, buning eng yaxshisi surma bo‘ladi, o‘zingni poklab yurishing kerak, poklaydigan narsalarning eng yaxshisi suv bo‘ladi». Shoira Tursunoy Sodiqovaning Rashk xususida fikrlari diqqatga sazovordir: “Oilaga kushanda bo‘ladigan xavflarning biri rashkdir. Rashk – asli muhabbatdan tug‘iladigan shirin bir tuyg‘u. U hargiz tilga ko‘chmaydigan, hatto yuzu ko‘zga balqimay, yurakning tubida zing‘illab turadigan, insonning go‘zal, ruhiy holatidir. Kimning ma’naviy dunyosi boy bo‘lsa, rashki shuncha pinhona bo‘lajak. Kimlarningdir esa jami qusurlari rashk tufayli fosh bo‘ladi.” “Yonib-kuyib, rashk g‘avg‘osini ko‘tarmasdan avval e’tibor ber: bordi-yu, jufting senga befarq bo‘lsa, darrov esla, unga qay vaqtlar ko‘proq yoqarding. U qay fazilatingni qadrlardi: qay vaqt qay xislatingdan zavqlanardi? O‘sha ishlarning qaysi biri senda kanda bo‘libdi, nimani unutibsan, darhol tikla! Oynakka qara-chi hamma narsang yarashimli turibdimi? Qay ko‘yga tushsang tush, uning ixlosini qozon! Buning oriyat qiladigan joyi yo‘q, hamma-hamma yumushdan ham avval mana shu bir umr keragingning ko‘nglini ol. Kam – ko‘sti ko‘p deysanmi? Hargiz unday dema, taqdir sizlarni kamida yarim asrga topishtirgan. Odam bir yil tutadigan buyumini ham necha bora sozlaydi. Inson esa tinmay o‘zgarib turuvchi mavjudod.” 74 Fransuz yozuvchisi:Andre Morua ta’kidlaganidek: Omadli nikoh har kuni ta’mir etib turilishi kerak bo‘lgan binodir. Kaykavusning “Qobusnoma”sida Rashk xususida shunday deyiladi: “Agar sen xotinningga rashklik qilmasang, uni aybsitmasang, bilgilkim, xotining senga ota-onasidan ham mehribonroq bo‘lur va senga undan do‘st kishi bo‘lmaydi. Agar sen unga nisbatan rashklik qilsang, u senga dushmandan ham dushmanroq bo‘lur, uning oldida begona dushman ip esholmay qoladi”75. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling