Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Mavzu: Sen qudrat manbai, saodat maskani,jonajon O’zbekiston !
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik
- 1 – sentabr O‘zbekston Respublikasi “Mustaqillik kuni”
- : ”Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-torozusi bor. Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz kechishiga ham to‘g‘ri keladi”
- Senat
- “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”
- “Kamolot” komillik majmuasi hamda yurtga komil, fozil farzandlar tarbiyalab berish uning bosh maqsadi.
- Millatlar saroyi”
Mavzu: Sen qudrat manbai, saodat maskani,jonajon O’zbekiston !
“Mustаqillik biz uchun аvvаlо o’zligimizni аnglаsh, insоniy qаdrimizni, urf-оdаt vа qаdriyatlаrimizni, muqаddаs islоm dinimizni, buyuk аjdоdlаrimiz, аziz-аvliyo vа аllоmаlаrimizning tаbаrruk nоmlаri vа mеrоsini, g’urur vа iftiхоrimizni tiklаsh, yosh аvlоdimizni milliy vа umumbаshаriy qаdriyatlаr ruhidа tаrbiyalаsh kаbi bеqiyos imkоniyatlаr оchib bеrgаnini аlоhidа tа’kidlаsh zаrur” 1 Islom Karimov Tayanch so’z va iboralar: Mustaqillik, mustaqillik kuni, Oliy Majlis, Qonunchilik palatasi, Senat, Vazirlar Mahkamasi, hokim, sud, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Millatlar saroyi”, qadriyatlar. XX – asrning 90 - yillariga kelib o‘zbek xalqining azaliy orzusi ro‘yobga chiqdi.O‘zbek xalqi davlat Mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Mustaqillik nima? Mustaqillik - 1. Tazyiqdan, nazoratdan holi bo‘lish, erkinlik. 2. Iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy tobe bo‘lmaslik. O‘zbek tilida mustaqillik atamasi odatda istiqlol (arabcha istiqlol - ko‘tarilish, qaddini rostlash,o‘sish, yuqori mavqiyga erishish ) so‘zi bilan yaqin ma’noda qo‘llaniladi va uzluksizlikni anglatuvchi chuqur, keng qamrovli jarayonni aks ettiradi. Mustaqillik “ixtiyori o‘zida bo‘lgan tobe emaslik, qaram emaslik, o‘zganing yordamisiz va rahnamoligisiz o‘z masalalarini hal qila oladigan, o‘zicha erkin fikr yuritib, kun kechira oladigan” ma’nolarini bildiradi. Mamlakatimiz 1990 – yil 20 – iyunda O‘zbekiston Oliy Kengashining II – sessiyasida “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilgan. Unda o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi, tajribasi, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi asosida respublikamizning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning 1991 – yil 31 – avgustda navbatdan tashqari VI – sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonot” berildi. 1 – sentabr O‘zbekston Respublikasi “Mustaqillik kuni” deb belgilandi. Mustaqillik oson qo‘lga kiritildimi? Oson deb bo‘lmaydi. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrdagi bosqinchilarga qarshi chiqqan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Mahmud Tarobiy, Jaloliddin Manguberdi, Temur Maliklar kabi Rossiya istibdodiga qarshi xalqimizning o‘g‘lonlari Dukchi Eshon, Namoz Primqulov, kichik va katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek va boshqa ko‘plab yurtdoshlarimiz qurolli qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Hamza Hakimzoda, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Shakuriy singari yurt ilg‘or peshvolarini Vatanimiz ozodligi yo‘lida qilgan ulkan sa’y-harakatlari, millat farzandlari ta’limi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga ko‘tarish borasidagi zahmatlari taqsinga loyiqdir. O‘lka jadidlarining rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiyning “haq olunur, berilmas” shiori o‘lka xalqlarini ozodlik uchun muqarrar kurashga da’vat etar edi. Ayniqsa, 1917 – yil Rossiyada fevral va oktabr inqilobidan so‘ng, Turkistonda istiqlol uchun harakat va chaqiriqlar avj oldi. 1917 – yil “Najot” gazetasining 26 – mart sonida Munavvar Qorining: “Hurriyat berilmas, olunur. Hech narsa ila olib bo‘lmas, Qon va qurbon ilagina olib bo‘lur” degan xitobi jadidlar vatan ozodligi yo‘lida jiddiy kurashga bel bog‘laganligidan dalolat beradi. Ularning orzusi faqatgina XX – asrning 90 – yillariga kelib ro‘yobga chiqarildi. Qo‘lga kiritilgan mustaqillikni ardoqlashimiz, ko‘z qorachig‘iday asrab - avaylashimiz talab etiladi. Ushbu maqsadni xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusuf o‘zining “Xalq bo‘l, elim” she’rida badiiy jihatdan chiroyli va ta’sirli ifodalagan: Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, Qumlar bosib qurimasin daryolarim. Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang – xalq bo‘l elim. Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana, Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor yana Moziyni yod etay desang – xalq bo‘l elim. Sen tebratgan beshigini sohibqiron, Sening bolang yulduzlarga qo‘ydi narvon. Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tanu - jon Kunlaringga qaytay desang – xalq bo‘l elim. Daryo bo‘lib jo‘shgin endi zavqi ulug‘, Bayramingda sevinch ko‘z yoshingga qulluq, Yurtim degan jasur yurtboshingga qulluq, Unga qanot bo‘lay desang – xalq bo‘l elim. Bo‘lar elning bolalari bir - birin der, Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer. Bir bo‘l endi, qadri baland qaddingni ker, Xalq bo‘l elim, xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘z kelajagini, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy siyosatini milliy manfaatlariga mos mustaqil hal qilish, yangilash vazifalari turadi. O‘tish davridagi qiyinchiliklarga sabot bilan sabr - toqat qilish har bir fuqaroning vatan oldida mas’uliyatini talab qildi.Yurtboshimiz Islom Karimov: ”Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-torozusi bor. Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz kechishiga ham to‘g‘ri keladi” deb fuqarolarni kelajakka yaxshi umid bilan qarashga undagan edi. Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992 – yil 4 – yanvar) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992 – yil avgust oyida nashr etilgan “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har tomonlama puxta asoslab berdi. Ushbu asarda xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda belgilandi. Kelajagi buyuk davlatni farovon hayotni amalga oshirishda jamiyatning barcha sohalarini yangilash talab etilar edi. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11 – moddasi) Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlamentimiz Oliy Majlis amalga oshiradi. 1993 – yil 28 – dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashining XIV – sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida” 1994 – yil 22 – sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI – sessiyada “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ qonunlar qabul qilindi hamda ana shu qonunlar asosida mustaqil O‘zbekistonning parlamenti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 1995 – yil 23 – 24 - fevral kunlari yangi saylangan Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Prezident Islom Karimov 2000 – yil 25 – may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. 2001 – yil 6 – 7 – dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzush zarur, degan xulosaga kelindi. Ushbu masala yuzasidan 2002 – yil 27 – yanvarda umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 93,65 foizi ikki palatali parlamentni yoqlab ovoz berishgan. Bundan keyin ham O‘zbekiston Respublikasi oliy vakillik organi – parlamentning nomi Oliy Majlis deb atalishi saqlab qolindi. Yuqori palata – Senat, quyi palata – Qonunchilik palatasi deb atalishi bildirildi. Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 150 ta deputat saylanadi. Senat 100 senatordan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda ijroya hokimiyat vazifasini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga bosh vazir rahbarlik qilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 98 – moddasiga asosan: “O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bu holat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashadi. Bunyodkorlik sohasidagi islohotlardan yana biri boshqaruv sohasidagi o‘zgarishlardir. 1994 – yil 4 – yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida” Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududidagi mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta’sis etildi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo‘lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimligiga bоshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog‘ston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2010 – yil 12 – noyabrda Prezident I. Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ga asosan isloh qilinmoqda. Yangi barpo etilayotgan jamiyatimizni fuqarolik jamiyati darajasida shakllantirish uchun mustaqillikning dastlabki yilida uning huquqiy asosi yaratildi. Yurtboshimiz Islom Karimov fuqarolik jamiyati haqida: “Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir” deb ta’kidlab mahallaga e’tiborni qaratgan. Mahalla – bu o‘zbek xalqining o‘ziga xos qadriyati. Mahalla – arabcha so‘z bo‘lib joy, o‘rin, makon kabi ma’nolarni anglatadi. Bir mahallada yashovchilar qarindoshlardek, aka – uka, birodarlardek o‘zaro munosabatda bo‘lishgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 105-moddasida “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsaqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi” deb belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston kelajagini munosib qo‘llarga topshirish maqsadida yoshlar uchun istiqlolning dastlabki yillarida ko‘plab ishlar qilindi. Zero, O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Prezident Islom Karimov 2001 – yil 24 – yanvarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning chinakkam suyanchi bo‘la oladigan tashkilot tuzish g‘oyasini ilgari surdi. 2001 – yil 25 – aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar quriltoyida o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti – O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. ”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Dastur va Ustaviga 2006 – yil 29 – noyabrda bo‘lib o‘tgan II – Quriltoyda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Harakatning asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 30 yoshgacha) sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rinni egallashga ko‘maklashish ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit – qizlarni o‘z aql zakovatini, kuch g‘ayratini to‘la namoyon etish uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodni tayanchi va suyanchi bo‘lishdan iboratligi belgilandi. Qisqa qilib aytganda “Kamolot” komillik majmuasi hamda yurtga komil, fozil farzandlar tarbiyalab berish uning bosh maqsadi. Yoshlarni har tamonlama bilimli yetuk shaxs bo‘lib shakllanishi uchun ta’lim tizimi tubdan yangilandi. 1997 – yil 29 – avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bu yangilanishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi”, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” hamda “Mehr nuri” jamg‘armalarining “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi”, “Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi”, “Ulug‘bek” nomidagi davlat stipendiyalari, “Kelajak ovozi”, “Nihol” va boshqa ko‘plab ko‘rik - tanlovlar yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbek xalqi ming yillik qadriyatlarini tikladi. ”Navro‘z” bayrami, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy va moddiy merosimiz qayta tiklandi. YUNESKO bilan hamkorlikda hamda hukumatimiz tashabbusi bilan: 1991 – yil Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi 1994 – yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi 1996 – yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi 1997 – yil Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi 1998 – yil Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi 1999 – yil Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi 1999 – yil Alpomish dostoning 1000 yilligi 2000 – yil Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi 2000 – yil Imom Moturudiy tavalludining 1130 yilligi 2000 – yil Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi 2001 – yil “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi 2002 – yil Termiz shahrining 2500 yilligi 2002 – yil Shahrisabz shahrining 2700 yilligi 2003 – yil Abduholiq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi 2006 – yil Qarshi shahrining 2700 yilligi 2006 – yil Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi 2007 – yil Samarqand shahrining 2750 yilligi 2009 – yil Toshkent shahrining 2200 yilligi xuddi shuningdek, boshqa allomalarimiz tavallud topgan sanalar mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Ma’lumki, mamlakatimiz ko‘p millatli hisoblanadi. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat vakillari yashab kelmoqda. O‘zbekistonda barcha millatlar o‘rtasidagi totuvlikni ta’minlash, ko‘p millatli jamiyat tizimini saqlab qolish va mustahkamlash yo‘lidan bordi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8, 18-moddalarida: “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar ,O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etadi”. ”O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va ekinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar” deb, belgilab qo‘yilgan. 1989 – yil O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari milliy – madaniy markazlari tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi. 1989 – yilda Madaniyat vazirligi qoshida millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillari yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002 – yilga kelib respublikamizda 120 ta milliy madaniy markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 1992 – yil yanvarida millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalminal madaniyat markaziga aylantirildi. Davlat ko‘magida Baynalminal madaniyat markazi va milliy – madaniy markazlar 1996 – yil “Bobur” ko‘chasidagi muhtasham saroyga ko‘chib o‘tdilar, bu majmua “Millatlar saroyi” degan nom oldi. Mamlakatni sportchalik dunyoga tez tanitadigan soha yo‘q. O‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlarini sanab o‘tmasak ham bo‘ladi. Bizning sportchilar deyarli barcha sport turlari bo‘yicha nom chiqarib yuqori shohsupalarni egallab kelmoqda. Ayniqsa, o‘zbek kurashining dunyoga tez tarqalishi va uni jahon xalqlari tomonidan munosib e’tirof etilishi, kutib olinishi mustaqilligimizning ajoyib mevasidir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling