“тасдиқлайман” Сирдарё вилояти ииб ппх ва жтсб бошлиғи
Download 50.5 Kb.
|
20 мавзу Технологик терроризм ва унинг транспортда олдини олиш усуллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarma JXX JTSB PPXB ISOMTO’XTO komandirining o’rinbosari kapitan N.M.Pardaev
Bajaruvchilar:
-tajovuzkor shaxs - bu toifadagi odamlar zaharlashga, o’ldirishga, hamma narsani buzishga va hammani qo’rqitishga xos buzg’unchi ehtirosga ega. Terror hissiy qoniqishning asosiy usuli hisoblanadi va bu toifadagilarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin; qotib qolgan, umuman ma’naviyatsiz, vahshiy, rag’batlantirish uchun ishlovchilar, kimni so’yish, kimni otishning farqi yo’qlar. -fanatik tur - terrorchilarning eng xavfli turlaridan hisoblanadi va ular terrorchilik aktlarni sodir etish uchun borganlarida o’z o’limiga oldindan ishonadilar va shunga ongli ravishda tayyorlanadilar. -zombilashtirilgan tur - bu toifadagilar o’limga mahkum vazifalarni ideal tarzda bajaruvchilardir. Ular dasturlashtirilgan avtomat sifatida va ta’sirga berilishi oqibatida harakat qiladilar, vazifani bajarishda tez fikrlaydi va qo’rquvni his qilmaydi. -qasoskor tur - asosiy motivi o’zi uchun, yaqinlari yoki do’stlari hamda yagona e’tiqoddoshlari uchun qasos olish hisoblanadi va bu tur ichida ko’proq yoshlar va ayollar uchraydi. “bajaruvchi”larda o’lish, o’ldirish xohishi yuqori bo’ladi va ularning maqsadlari odamlar gavjum bo’ladigan, tuman va shaharlarning markaziy joylarida, o’zlariga katta e’tibor qaratishni nazarda tutadi. Bu toifadagi shaxslar aholidan to’sib qo’yilsa, ular ko’proq huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini yo’q qilishga harakat qiladilar. Ular muzokara olib borishda imkon darajasida yon atrofiga ko’proq odamlarni yig’ish, o’z jonlarini qimmatroqqa «sotish»ni ko’zlaydilar. -avantyurist tur - qattiq siyosiy e’tiqod va barqaror siyosiy orientirga (mo’ljalga) ega bo’lmagan odam. Ushbu toifadagi odamlarning boshqalardan farqi-ular yakka holda harakat qiladilar. -texnolog-terrorchilar - terroristik tashkilotlar a’zolarining funktsiyasi teraktlarni o’tkazishni ta’minlashni o’zida mujassam etadi. Terrorchi-kamekadzelar tomonidan harakatga keltiriladigan portlatish qurilmalari orqali portlash, umumiy hisobda 30 %; Terrorchi-kamikadzelar ishga tushiradigan portlatish qurilmalari portlovchi moddani miqdoriga bog’liq ravishda 500 gr.dan 10 kg.gacha trotil ekvivalentiga mos kelmoqda. Terrorchi-kamikadzelar tomonidan hukumat binolariga hujumlar uyushtirishda ular tomonidan politsiya va harbiylar kiyimi kiyish orqali binolarga kirib borayotgani kuzatilmoqda. Terrorchilik harakatlarida hattoki 10 yoshli qizlarni o’zini-o’zi portlatish holati Nigeriya davlatida kuzatildi (2015 yil 10 yanvar). Terrorchi-kamikadzelar yordamida harakatga keltiriladigan avtomashinalar bilan niqoblangan portlashlar soni ortib bormoqda. Bu kabi terrorchilik harakatlari terrorchilik tashkilotlari orasida keng tarqalib, umumiy sodir etilgan terrorchilik harakatlariga nisbatan 9 % ni tashkil etadi. Bu turdagi portlatish qurilmalarini harakatga keltirish orqali buzilish masofasi va halok bo’lganlar soni ortishiga erishiladi hamda minalashtirilgan avtomashina e’tiborni jalb qilmasligi sababli uni payqashning imkoni bo’lmaydi. Respublikamizda terrorchi-kamikadzelar tomonidan 2004 yilning 29-31 mart kunlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sodir etilgan qator portlashlarda «Shahid belbog’i» qo’lbola portlatish qurilmasida foydalanildi. 2004 yilning 30 iyul kuni AQSh va Isroil davlatlari elchixonalari va Bosh Prokuraturada sodir etilgan portlashlarda oskolka-fugas ta’sirli qo’lbola portlatish qurilmasi ishga tushirilgan. Boshqarma JXX JTSB PPXB ISOMTO’XTO komandirining o’rinbosari kapitan N.M.Pardaev Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling