«Тасдиқлайман»


Download 473.5 Kb.
bet25/53
Sana08.01.2022
Hajmi473.5 Kb.
#239532
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
41-17.Guruh yigilish bayonnomalari2020

BAYONNOMASI № 15


O’tkazilish kuni va vaqti:




2020 yil dekabr










O’tkazilish joyi:




«Maktabgacha ta’lim » kafedrasi










Qatnashdilar:




Guruh rahbari va 24 nafar talaba.


Kun tartibi:
1."Adabiyotga e’tibor- kelajakka e’tibor"mavzusi haqida.

2.O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar.

3.Har xil masalalar.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan guruh rahbari M.Egamberdiyeva so’zga chiqib, mamlakatimizda olib borilayotgan samarali islohotlar, yoshlarni sog’lom turmush tarzi tamoyillari asosida yashashga o’rgatish haqida ma’lumot berdi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yoshlar ma’naviyati, madaniyati masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarning kitobxonlikka oid qiziqishlarini oshirish, kerak bo’lsa, respublikamizning har bir oilasida kitobxonlik kechalarini uyushtirish va bu ishlarda mahalla fuqarolar yig’ini ishtirokini ta’minlashga oid islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada adabiyotga e’tibor yanada kuchaymoqda. O’zbekiston respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda tarhibot qilish to’g’risida”gi PF-4789 sonli farmoyishi mazmun-mohiyatida ham adabiyotga e’tibor qaratilgan. Shu farmoyishdan so’ng ta’limning barcha turlarida adabiyot masalasi o’z ifodasini topmoqda. Ayniqsa maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ota-onalari hamda guruh tarbiyachilari uchun ham kitoblar to’plami nashr qilinmoqda. Kichik yoshdagi bolalarni adabiyotga qiziqtirish maqsadida Etti turdan iborat bo’lgan “Kamalakning etti jilosi” kitoblar jamlanmasi nashrdan chiqarildi. Yoshlar, kattalar, katta yoshdagi kitobxonlar uchun ham adabiyotning eng sara namunalari shoir va yozuvchilar tomonidan keng kitobxonlar jamoasiga tortiq qilinmoqda. Adabiyotning bugungi mavqei mamlakatimiz hududidan ham chetga chiqmoqda. Misol tariqasida yozuvchi Isojon Sultonning “Hazrati Hizr izidan” asarini keltirish mumkin. Guruh talabalari bugungi kunda badiiy adabiyotning o’rni haqida to’xtalib, o’zlarining yod olgan she’rlari, badiiy o’qigan asarlari va bu asarlardan olgan taassurotlari haqida to’xtaldi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan guruh rahbari M.Egamberdiyeva so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir hafta davomidagi ma’lumotlar haqida, jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev taklifiga binoan Afg’oniston islom respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G’ani 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelganligini ta’kidlab o’tdi. Bunda quyidagi ma’lumotlarga alohida e’tiborini qaratdi: Oliy martabali mehmon Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurdi. Mo’yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon Musxafiy va boshqa tarixiy, ma’rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan ko’zdan kechirdi. Muloqotda mamlakatlarmiz o’rtasidagi hamkorlikning dolzarb mavzulari ko’rib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikaga qarshi kurash, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Hamkor davlatlar va tashkilotlarning moliyaviy, iqtisodiy va insonparvarlik yordamiga tayangan holda va BMTning faol ishtirokida umummilliy yarashuvga erishish muhim ekanligini uqtirib o’tdi.

Axborot soatida “Afg’oniston islom respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G’ani Buxoro davlat universitetining faxriy doktori”, “Transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish - ulkan daromad manbai”, “Konstitutsiya-erkin va farovon xayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir”, “Davlatimizning yuksak mukofotlari” topshirildi, “Rizq-ro’zimiz bunyodkori bo’lgan qishloq xo’jaligi xodimlari mehnatini ulug’lash, soha rivojini yangi bosqichga ko’tarish-asosiy vazifamizdir” deb nomlangan O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqi ham o’qib eshittirildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala bo’yicha guruh rahbari M.Egamberdiyeva so’zga chiqib, universitet qonun qoidalarga rioya qilgan holda talabalarning kiyinish madaniyati, qish mavsumi kirib kelganligi munosabati bilan va ijarada, uydan qatnovchi talabalarga texnika xavfsizligiga rioya qilish, har-xil isitish pechlarini o’zboshimchalik bilan foydalanmaslik, yo’l xarakati xavfsizligiga rioya qilgan holda kelib-ketishi haqida tushunchalar berib o’tdilar.



Download 473.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling