Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor
Nazokat (takt) – so‘zi ta’sir etish ma’nosini bildiradi
Download 475.96 Kb.
|
Пед. мах. мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik nazokat
Nazokat (takt) – so‘zi ta’sir etish ma’nosini bildiradi. Bu muloqot ishtirokchilarini o‘zaro munosabatini boshqarishga yordam beruvchi axloqiy kategoriya hisoblanadi. Nazokat mazmunidagi taktik xulq - insonparvarlik qoidasiga asoslanib, murakkab konflikt holatlarida ham insonga hurmat saqlab qolishni nazarda tutadi.
Nazokatli bo‘lish barcha kishilarga qo‘yilgan axloqiy talab, ayniqsa pedagoglarga juda muhim. Pedagogik nazokat o‘qituvchining kasbiy sifati, uning mahoratining bir qismidir. Pedagogik nazokat – bu o‘qituvchining o‘quvchiga maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir o‘lchovi, muloqotning mahsuldor uslubini o‘rnatish ko‘nikmasi. Pedagogik nazokat o‘quvchilar bilan muloqotda oxirgi holatga (choraga) yo‘l qo‘ymaydi. Chunki, uning mazmunida o‘qituvchining yaxshi xulqlari, yurish –turish, xatti-harakati, insoniy fe’l-atvori, o‘zgalarga yaxshilik qilish, o‘rnak bo‘lish kabi nazokat sifatlari mujassamlashgan. Pedagogik nazokat mazmunida o‘qituvchining yaxshi hulqlari yotadi. Bu xulqlar o‘zbek tarbiyashunosligining asoschisi Abdulla Avloniy qayd etganidek – “..fatonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g‘ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik. Hayrihohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, avf” kabi nazokat unsurlarini kiritadi. “Emdi bu yaxshi hulqlarni qo‘lga olmak uchun, - deb yozadi mutafakkir - ota-ona, muallim, ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i birla tinglab, doim xotira tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo‘lmak, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur”.17 Yaxshi xulqlar, Ulfat Maxkamovning ta’kidlashicha. “....adolat, aql, baxt, burch, vatanparvarlik, vafo, do‘stlik, iymon, insof, insonparvarlik, kamtarlik, latofat, lafz, mardlik, mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur, odamiylik, poklik, sabr-qanoat, sahiylik, to‘g‘rilik, yaxshilik, hayo, himmat kabi umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlarning mazmuni ochib berilgan”.18 Bu fazilatlarda pedagogik nazokat va pedagogik odob – axloqning mazmun va mohiyati aks ettirilgan bo‘lib, ular o‘qituvchiga yaxshi amallarni bajarishga, yaxshi iz qoldirishga, fidoyi va vatanparvar o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalab Vatan, halq, millat uchun munosib vorislar tayyorlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, pedagogik nazokat pedagogik mahorat bilan birga tarbiyalanadi va egallaniladi. O‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi, bolalar bilan munosabatda kommunikativ ko‘nikmalarni o‘zida hosil qilish uchun maxsus bilimlar bilan qo‘rollanishi, o‘z ustida muntazam ishlashi, izlanishi natijasida erishiladi. Avvalo, bu bilimlar yosh organizm psixiologiyasini va bolalarning individual xususiyatlarini bilish bilan bog‘liq. Buning uchun o‘qituvchi pedagogik nazokatning asosiy vazifalarini mukammal bilishi lozim. Bu vazifalar quyidagilar: milliy va umuminsoniy odob - axloq, xulq-atvor, kasb axloqiga doir ma’lumotlarni, o‘qituvchi nazokati va kasb odobi tarkibini bilish, bilim, ko‘nikma malakalarga ega bo‘lish; pedagogik jarayonda o‘quvchilar, ota-onalar, kasbdoshlar, ta’lim muassasi rahbarlari, mahalladoshlar bilan kommunikativ munosabatda bo‘lish doirasida o‘z odobi, pedagogik nazokatini nazorat qilib borish, yosh avlodga o‘rnak bo‘lish uchun o‘z fe’l-atvori, yurish-turishini muntazam boshqarishni yo‘lga qo‘yish; o‘quvchining pedagogik odobi va nazokatiga monand ma’naviy-axloqiy saviya, axloqiy bilimlar, axloqiy his – tuyg‘ular, axloqiy e’tiqodning muntazam oshirib borish; ta’lim-tarbiya ishlari ishtirokchilari orasidagi pedagogik muloqot, axloqiy munosabatlarni me’yorlarini o‘rganish, ularga amal qilib o‘z odobi va nazokatining ijobiy yo‘nalish kasb etishini har bir o‘qituvchi – tarbiyachining e’tiqodiga aylantirish; pedagogik faoliyat davomida fuqarolik burchi, mas’uliyati, majburiyatiga tayanib ta’lim-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, kommunikativ ko‘nikmalarni pedagogik nazokat va pedagogik odob doirasida tashkil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish va h.k. Pedagogik nazokatning qayd etib o‘tilgan vazifalarini amalga oshirish uchun muayyan qonuniyatlarga rioya qilish talab etiladi. Ular tamoyillar deb nomlanadi. Pedagogik nazokat tamoyillarini bilish, xatti-harakatlardagi axloqiy fazilat va ma’noni ko‘rish demakdir va ahamiyatlidir. Shu bilan birga, o‘quvchiga ta’sir etish yo‘llarini bilish va buning uchun pedagogik nazokatning quyidagi tamoyillariga tayanish lozim: -bolalarni sevish, o‘z muhabbatini namoyon etish; -bolalarga mehribon bo‘lish; -bolalar xulqidagi nozikliklarni ko‘rish va nazoratga olish; -bolalarni e’tibor va samimiyat bilan tinglab bilish; (bu ham pedagogik talant hisoblanadi) -sharoitga moslashish, natijani tahlil qilish; -o‘zidagi hamkorlikni maqsadga yo‘naltirish; -o‘quvchilar bilan do‘stona suhbatlashish; -har bir masalani oqilona va adolat bilan yechib bilish; -hamma vaziyatda sokin-osoyishta, bo‘lish. (o‘zini o‘rnak bo‘ladigan darajada tutish). Pedagogik nazokat tamoyillari pedagogik faoliyatning barcha yo‘nalishlarida namoyon bo‘lib, o‘quvchilarda kasbiy tayyorgarlikning ijobiy belgilarini tarbiyalashga yordam beradi. Professor M.M.Axmedjonov rahbarligida o‘qituvchilar guruhining tadqiqotlari pedagogik odob va pedagogik nazokat o‘quvchilarni rostgo‘ylik, uyushqoqlik, vazminlik, qattiqqo‘llik, kamtarlik, o‘rtoqlik, etik va estetik tuyg‘u va boshqa ruhiy sifatlarni tarbiyalashda g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, o‘qituvchi o‘quv-tarbiyaviy ish jarayonida pedagogik nazokat va odob-axloqning me’yoriga rioya qilsa, ulardan unumli foydalansa hamda amaliy tajribaga qo‘llasa, ta’lim-tarbiya samaradorligi oshib, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi yuksaladi. Download 475.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling