Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


- MAVZU: PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AXLOQ


Download 475.96 Kb.
bet15/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

4 - MAVZU: PEDAGOGIK NAZOKAT VA ODOB-AXLOQ.
Reja:

  1. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha

  2. Pedagogik nazokat tamoyillari va uning vazifasi.

  3. Pedagogik nazokat me’yori: ixtisos soxasidagi burch, pedagogik adolat, ixtisosga doyir vijdon izzat-nafs va pedagogik oriyat.

Tayanch tushunchalar: pedagogik nazokat, odob-ahloq, ta’lim-tarbiya, talabchanlik, takt, nazokat me’yori, burch, adolat, vijdon, izzat-nafs, pedagogik oriyat, mohiyat, hususiyat, nazokat va taktika.
Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha
Pedagogika talablariga binoan o‘qituvchi - tarbiyachining pedagogik odobi – yuksak madaniyati va ma’naviyatida bilinadi. Ochiq ko‘ngil, qat’iylik, turli vaziyatlarda o‘zini tuta bilish, o‘quvchilarga nisbatan talabchan va mehribon, oliyjanob va g‘amho‘r, ota-onalar, talabalar, kasbdoshlar bilan ijobiy muloqotda bo‘la oladigan, mantiqiy fikrlovchi va dunyoqarashi keng bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining o‘quvchilarga bo‘lgan irodali ta’siri, ta’lim-tarbiya oldiga qo‘ygan ijtimoiy-pedagogik talablari, zarur pedagogik odobi bilan o‘tkaziladigan ijobiy tarbiyaviy ishlar yordamida yaxshi natija berishi mumkinligi tajribada sinalgan.
O‘qituvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonida ham ruhiy hususiyatlarni hisobga olgan holda o‘qituvchining g‘amxo‘rona hamda odob bilan muomala qilish zarurligi masalasi haqida yuqorida aytib o‘tgan edik. Ammo, biz bu yerda eng yaxshi o‘zbek o‘qituvchilarining shaxsiy xususiyatlari sifatida ularning odobi haqidagi masalalarni maxsus ko‘rib chiqishni lozim ko‘rdik.
Pedagogik odob degani nima? Bu – o‘qituvchining bolalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘la olish, g‘amxo‘rlik qilish, jonkuyarlik, xushmuomalalik ko‘rsatish, o‘quvchilar bilan muomala qilishda zarur, ishonchli ohang topish, ular oldiga oqilona talablar qo‘yish, bolalarda inson qadr-qimmatini hurmatlash, sirdosh bo‘lish, do‘stona munosatda bo‘lish demakdir.
Ba’zan pedagogik odobga juda qisqa ta’rif beradilar. Uni tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishdagi me’yor hissi deb tushunadilar. Odob esa – bu inson aqlining namoyon bo‘lishi va ruhning emotsional tomoni bilan bog‘langan ijtimoiy - ahloqiy kategoriya. Buyuk rus pedagogik K.D.Ushinskiy odobni “his etmoq” deb tushundi. To‘g‘ri, u bu tushunchani ya’ni “his etmoq”ni inson ruhiy hayotining asosi deb hisoblaydi. “Pedagogik odob, deb ataladigan tushuncha borki, tarbiyachi, pedagogika nazariyasini qanchalik o‘rganmasin, odob bo‘lmaganda hech qachon yaxshi tarbiyachi, amaliyotchi bo‘la olmaydi, deb yozadi. K.D Ushinskiy, - odobdan ahamiyati kam bo‘lmagan psixologik nazokat degan tushuncha ham bor13. Xo‘sh, psixologik nazokat degan tushunchaning o‘zi nima? Psixologik nazokat degan tushunchachi? – U o‘z boshimizdan kechirgan turli-tuman psixik, emotsional holat va odobning qorong‘i va chala ongli xotiralar yig‘indisini anglatadi. Ana shu xotiralar asosida inson o‘z tarixining ruxi bilan boshqa kishining ruhiga ta’sir ko‘rsata oladigan hamda buning uchun haqiqatdan ham o‘zida sinab ko‘rgan vositalarni tanlay biladi. Psixologik nazokat insonda asta-sekin tarkib topadigan holatdir. Inson yashagani va kuzatgani sari bu tushuncha tarkib topa boradi. Ular (odob va nazokat) o‘z ruhida yuz bergan hodisalar natijasida maqsadli yoki maqsadsiz bir holda tarkib topadi. Bundan o‘z-o‘zidan pisxologik nazokat tushunchasi kelib chiqadiki, pisxologiya bilan shug‘ullanish yoki psixologik tushunchalarni o‘qish insonning fikrini, o‘z ruhi jarayoni sari yo‘llab, unda psixologik nazokatning o‘sishiga kuchli ta’sir etishi mumkin”. Shunday qilib, odob bola psixologiyasini, uning yuragida nimalar yuz berayotganini anglagan holda yoshi va individual xususiyatlarini bilishni talab qiluvchi, bolani tartib va intizomga chorlovchi ahloqiy hodisa. Buni tushunishda bir tomondan shaxsiy tajriba, ikkinchi tomondan – insonning ichki dunyosini ochib beradigan fan – psixologiyani o‘rganish yordam beradi. Shuning uchun pedagogik odobda nazariya bilan amaliyotni, ya’ni bir tomondan – bilim, ikkinchi tomondan – tajriba va malakani qo‘shib olib borishni nazarda tutmoq lozim.
Pedagogik odob deganimiz nima? Bu o‘qituvchining bolalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘la bilish, g‘amxo‘rlik qilish, jonkuyarlik, xushmuomalalilik ko‘rsatish, o‘quvchilar bilan muomala qilishda zarur, ishonchli ohang topish, ular oldiga oqilona talablar qo‘yish, bolalarda inson qadr-qimmatini hurmatlash demakdir.
Ba’zan pedagogik odobga juda qisqa ta’rif beradilar. Uni tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishga me’yor hissi deb tushunadilar.
Odob – kishi aqlining namoyon bo‘lishidir, ammo ruhning emotsional tomoni bilan ham qattiq bog‘langandir. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy odobni “his etmoq” deb hisoblaydi. To‘g‘ri, u bu tushunchani ya’ni “his etmoq” ni kishi ruhiy hayotining asosi deb hisoblaydi.
“Pedagogik odob deb ataladigan narsa borki, tarbiyachi, pedagogika nazariyasini naqadar o‘rganmasin, odob bo‘lmaganda hech qachon yaxshi tarbiyachi, amaliyotchi bo‘la olmaydi, deb yozadi. D.K.Ushinchkiy, - odobdan ahamiyati kam bo‘lmagan psixologik nazokat degan narsa ham bor. Xo‘sh, bu psixologik odob degan narsaning o‘zi nima? U o‘z boshimizdan kechirgan turli - tuman psixik, odoblarning qorong‘i va chala ongli xotiralar yig‘indisidir. Ana shu xotiralar asosida kishi o‘z tarixining ruhi bilan boshqa kishining ruhiga ta’sir eta oladigan hamda buning uchun haqiqatan o‘zida sinab ko‘rgan vositalarni tanlay biladi. Psixologik nazokat kishida asta-sekin tarkib topadigan holatdir. Kishi yashagan va kuzatgan sari bu narsa tarkib topa boradi. Uning o‘z ruhida yuz bergan hodisalar natijasida maqsadli yoki maqsadsiz bir holda tarkib topadi. Bundan o‘z-o‘zidan shu narsa kelib chiqadiki, psixologiya bilan shug‘ullanish yoki psixologik narsalar o‘qish kishining fikrini o‘z ruhi jarayoni sari yo‘llab, unda psixologik nazokatning o‘sishiga kuchli ta’sir etishi mumkin”. Shunday qilib, odob bola psixologiyasini, uning yuragida nimalar yuz berayotganini tushungan holda yoshi va individual xususiyatlarini bilishni talab qiladi. Bunga birinchidan shaxsiy tajriba, ikkinchi tomondan – kishining ichki dunyosini ochib beradigan fan – psixologiyani o‘rganish yordam beradi. Shuning uchun pedagoglik odobda nazariya bilan amaliyotni, ya’ni: bir tomondan – bilim, ikkinchi tomondan ishda uddaburonlik va malakani qo‘shib olib borishni nazarda tutmoq lozim.
Mutaxassis – murabbiyning umumiy ma’naviy va ma’rifiy tarbiyalanganligi pedagogik odobning asosidir. Pedagogik odob – bu talabalarga nisbattan pedagogik etikaning o‘ziga xos amalga oshirilishidir. Shuningdek, u o‘qituvchining yuksak insoniylik, o‘zgalarga mehribonlik, o‘zini tuta bilish, sabr-bardoshli bo‘lish, har qanday vaziyatlarda ham xayrihohlik, mehribonlik munosabatlarini o‘rnata bilish kabilarni qamrab oluvchi ma’naviy – ahloqiy xulq – atvordir.
Pedagogik odobga ega bo‘lgan mutaxassis – murabbiy o‘quvchi - yoshlar, ota-onalar, hamkasblari bilan bo‘ladigan o‘z munosabatlarini ustalik bilan boshqaradi. Pedagoglik odobida, avvalo insonga chuqur hurmat namoyon bo‘ladi. Murabbiy o‘quvchining tarkib topayotgan shaxsi bilan ish ko‘radi va uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan barcha munosabatlarda insonga mumkin qadar aql, talabchanlik va unga imkon darajasida ko‘p hurmat tamoyili asosida yondashish orqali amalga oshiradi.
Bir qator kasbiy malakalar pedagogik odob bilan bog‘langan. Bularga pedagogik vaziyatni baholash, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, pedagogik ta’sir keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan samarani oldindan ko‘rish malakasi va h.k.lar kiradi. Pedagogik odobga amal qilish mutaxassisda yuksak pedagogik mahorat mavjudligining belgisidir. Pedagogik odobni egallash mutaxassis – murabiydan o‘z ustida puxta o‘ylab ishlashni talab qiladi. Murabbiy o‘z xatti – harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, imo -ishorasi bilan o‘quvchilar xatti – harakatiga o‘z tuyg‘ularini o‘tkazishni nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘qituvchining pedagogik texnikasi deb ham ataladi. Pedagogik texnika murabbiyga o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqotda bo‘lishda to‘g‘ri muomala o‘rnatish imkonini beradi. Muloqot o‘rnatish o‘quvchilar bilan munosabat uslubi, diksiya, mimika, imo-ishorani tanlashda to‘g‘ri yo‘l tutish lozimlini uqtiradi. Mutaxassis – murabbiyning pedagogik odobi, uning intelekti va madaniyatiga “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda jiddiy e’tibor qaratilgan shuningdek mutaxassis – murabbiy o‘z pedagogik odobini, kasbga doir vazifalarini hal qilish qanchalik qo‘lidan kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi hamda qalbiga eng yaxshi yo‘llarni axtarishi kerakligi ta’kidlab o‘tiladi hamda mutaxassis – murabbiy o‘z tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirib qolish bilan chegaralanib qolmasligi ta’kidlanadi. O‘qituvchi ularga o‘zining xatti-harakati bilan ham ta’sir qiladi. Uning intelekti va madaniyati, haqgo‘yligi va insoniyligi, uning ma’naviy sifatlari o‘quvchilar tomonidan sifat-namuna sifatida qabul qilinishi kerak. Ilmiy – psixologik, ilmiy – pedagogik bilimlar tizimining mavjudligi mutaxassis – murabbiyga faqat o‘z guruhini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri tavsifnomasini tuzishgagina emas, balki talabalar jamoasi va uning har bir a’zosining rivojlanish istiqbollarini ham belgilash imkonini beradi. Mutaxassis – murabbiyning amaliy faoliyati – bu ko‘plab pedagogik vazifalarni beto‘xtov hal qilishdir.
Mutaxassisning pedagogik odobi –o‘qituvchining yuksak madaniyati va ma’naviyatida bilinadi. Ochiq ko‘ngil, qat’iylik, turli vaziyatlarda o‘zini tuta bilishi, o‘quvchilarga nisbattan talabchan va shu o‘rinda mehribon, prinsiplar va g‘amxo‘r, ota-onalar, talabalar, kasbdoshlar bilan ijobiy muloqotda bo‘la oladigan, tinglash qobiliyatiga ega, o‘z bilimi va fikrlarini chiroyli talafuzda tinglovchilarga so‘zlab bera bilish va dunyoqarashi keng bo‘lishi lozim.
Kasb odobining tarkibi – ahloqiy bilim, ahloqiy his – tuyg‘u, ahloqiy e’tiqod, ahloqiy idealdan iborat.Ahloqiy bilimlar – insonning hulqini tartibga soluvchi hulq – atvor to‘g‘risidagi tushunchalar, qoidalar, talablar va tamoyillardan iborat bo‘ladi. Hulq – atvor tushunchalari: yaxshilik, adolat, mas’uliyat, burch, vatanparvarlik, baynalminallik, mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik. Axloqiy hulq-atvor zamirida, ahloqiy-qoidalar, ahloqiy his-tuyg‘u, axloqiy e’tiqod mujassamlashgan.Ahloqiy qoidalar – umuminsoniy va ahloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy ahloqiy bilimlarga ega bo‘lishlik. Ahloqiy his – tuyg‘u – o‘z kasbidan fahrlanish, zavqlanish, g‘ururlanish, o‘zi va o‘zgalar qadr – qimmatini anglash, mas’uliyatni,burchni, javobgarlikni his qilish. Ahloqiy e’tiqod – jamiyatga, o‘z kasbiga, o‘quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar oldidagi vazifasini bajarishni his qilish, ahloqiy bilim va qarashlariga ega bo‘lishdir.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko, o‘z vaqtida “Biz pedagoglarga unday qiling yoki bunday qiling demaymiz. Biz ularga o‘zingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonunlarini o‘rganing va shu qonnularni hamda ularni qo‘llamoqchi bo‘lgan muhitni nazarda tutib, ish ko‘ring deymiz”14, - deb ta’kidlagan edi. Faqat mana shu qoidaning o‘zigina hilma-hil emas, balki tarbiyalanuvchilarning tabiati ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun pedagog fikrini davom etib kuyidagilarni bayon etadi:, - “Tarbiya qoidalarining hamda tarbiyalanuvchilar shaxsining shunday o‘ta hilma-hilligida qandaydir umumiy tarbiyaviy retseptlar berish mumkin? Mana shuning uchun ham biz pedagoglarga imkoni boricha umuman bolalarni o‘rganishimiz, tarbiyalanuvchilarni va ularni o‘rab turgan muhitini o‘rganishni va har doim ham hayolga kelavermaydigan pedagogik tadbirlar tarixini tarkib toptirishni va egallagan bilimlarga hamda o‘z aqliga tayanib, bu maqsadga erishish sari og‘ishmay borishni maslahat beramiz”, - degan edi.
Odob faqat o‘qituvchilarning individual hamda yoshlik hususiyatlarini yaxshi bilishdagina emas, balki o‘qituvchining iroda sifatlarida ya’ni uning sabot – matonatida, o‘zini tuta bilishida, sabr-toqatida ham namoyon bo‘ladi.
Bolarning ortiqcha darajada harakatchanligi va sho‘xligi odobli o‘qituvchini g‘azablantirmaydi, chunki u harakatchanlik – bolaga xos tabiiy sifat ekanligini yaxshi biladi.
“O‘qituvchining jahli, - deydi Moskvalik pedagogik T.F.Shilova o‘zining “Uchitelyu o vospitannosti shkolnika” risolasida, - har turli xatolarning manbaidir. Bolalar bilan ishlashda sabr-toqat katta ahamiyatga ega.
Bizning burchimiz bolalarda iroda, kuch-quvvat hosil qilib, ularga bo‘shanglikni, ikkilanishni, shubhani yengishga sabot, qattiqqo‘llik va chidam bilan yordam berishdir. Buning uchun o‘zimiz ularning kelajagiga ishonishimiz, biz istagan ahloqdan chetlashilganda g‘azablanmasligimiz kerak”15.
Bolalarni hurmat qilish ham ularni sevish – pedagogik odobning manbaidir. Kimki bolani, o‘smirni, yoshlarni hurmat qilmas ekan, yoki ularga befarq qararkan pedagogning bolalarga nisbatan zarur odobga rioya qilishi qiyin bo‘ladi.
Diqqat, kuzatuvchanlik, vazmin bo‘lish kabi sifatlar o‘qituvchidagi pedagoglik odobining muhim shartlaridan hisoblanadi. Bu hususiyatlarni rivojlantirish har kimning o‘ziga, o‘qituvchining ishidagi ahloq sifati hisoblangan mas’uliyat hissiga bog‘liqdir.
Professor M.O.Ochilov va uning xodimlari o‘qituvchining pedagogik odobini o‘rganishga bag‘ishlab ancha o‘quv qo‘llanmalar, risolalar yozganlar va bu asarlarida ular psixologik nuqtai nazardan odobga ikki hil munosabatni bildiradilar.
“O‘qituvchining odobli bo‘lishi, - deb yozadi u, - o‘qituvchi-tarbiyachining pedagogik san’ati ifodalaridan biridir. Shuning uchun u keng pedagogik yo‘nalishda o‘rganilishi lozim (bu yerda pedagogik texnika hisobga oliniyapti-X.B.). Shu bilan birga o‘qituvchining odobli bo‘lishi uning shaxsiy psixologik xususiyatidir. Bu shaxsiy xususiyat yetarli ravishda aniqlanib taraqqiy etganda va qat’iy shaklga kirganda xarakter belgisiga aylanadi”.16
Tajribali, mohir o‘qituvchilar mukammal pedagoglik odob bilan farqlanadilar. Ayiqsa, bu sifat oddiy maktablarga ko‘ra katta imkoniyalarga ega bo‘lgan yerda – internat-maktab hodimlarining mahnatlarida namoyon bo‘ladi.
Misol sifatida tarbiyachilari o‘z ishlariga odob, nazokat bilan munosabatda bo‘ladigan va shunday ishni tashkil qilishni uddalagan Buxoro shahrida 29-son maktab direktori G.M.Ravshanovani ko‘rsatish mumkin. Uy sharoitidan kelgan ko‘pchilik bolalar uchun bu yerda ko‘ngilsiz kechinmalar bo‘lishini G.M.Ravshanova yaxshi tushunadi. Bolalar oilada ota-onalariga va bir xil hayotga odatlanganlar; bu yerda ular begona kishilarga, o‘zgacha tartib, boshqacha talablarga duch keladilar. Shuning uchun Gulchehra Muxammedovnaning o‘zi ham ko‘p taktikalar qo‘llaydi va tarbiyachilardan ham, hususan bola maktabga kelgan kunning birinchi haftasida taktika qo‘llashni talab qiladi.
G.M.Ravshanova rahbarlik qilayotgan maktab tarbiyachilar o‘zlarining bolalarga bo‘lgan muomalalari, ularning odatlari va ruhiy hususiyatlarini tushuna bilishlari, bolalarning talablariga va hatto didlariga nisbatan e’tibor berishlari bilan ajralib turadilar. Ular oilada bolalarga nima o‘rgatilganligini, ko‘pgina bolalar bularga yuqori baho berishlarini, bu odatlar ma’lum darajada ularning mulki bo‘lib qolganini yaxshi tushunadilar. Zero, o‘qituvchining pedagoglik odobi, uni quyidagilarga amal qilishga undaydi:
1. O‘qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina butun kuch – g‘ayratini, qalb ko‘ri va dil muruvatini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Shuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr – muhabbatli bo‘lish, o‘qituvchilik kasbi va o‘qituvchi axloqiy qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiq qo‘llik ham talab etiladi.
2.Pedagogik odob o‘qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, bolalar bilan psixologik kontaktni saqlashga yordam beradi va uni doim pedagogik odob doirasida ish olib borishga undaydi.
O‘qituvchi pedagogik odob talablariga amal qilib o‘zida muloqotning demokratik uslubini shakllantiradi, insoniy muloqot, xushmuomalalik, odoblilik, adolat, izzat-hurmat va ma’naviy yetuklik darajasi bilan o‘quvchilar hurmatiga erishadi. Shu bilan birga pedagogik nazokat o‘qituvchiga bolalar bilan muloqotda konflikt (qarama – qarshilik)dan qochishga, o‘zaro munosabni to‘g‘ri qurishga yordam beradi.
Biz yuqorida pedagogik odob, uning mazmun – mohiyati va xususiyatlarini ko‘rib chiqdik. Endi pedagogik nazokatning muzmun, mohiyati, pedagogik – psixologik xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling