«tasdiqlayman» 4-dmtt direktori X. X. Fayziyeva
Download 29.1 Kb.
|
4-DMTT manaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2021 yil “25” fevral Bekobod shahar
- Raislik qiluvchi
- KUN TARTIBI: Ta’lim tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida.
- Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
«TASDIQLAYMAN» 4-DMTT direktori ___________ X. X. Fayziyeva Bekobod shahar Maktabgacha ta’lim tashkiloti 4-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilish bayoni «TASDIQLAYMAN» 4-DMTT direktori Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi ___________ X. X. Fayziyeva 2021 yil “25” fevral Bekobod shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021 yil 19 yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videosilektor tarzida o‘tkazilgan 3-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi yig‘ilish yuzasidan 4-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilish bayoni 2021 yil “25” fevral Bekobod shahar
KUN TARTIBI: Ta’lim tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida. Ta’lim tashkilotidda ma’naviyat va ma’rifat kengashining yangi tarkibini tasdiqlash. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, xodimlarning intelektual salohiyatini va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga doir “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida. Bu yorug‘ dunyoda insonni doimiy ravishda o‘ylantirib kelayotgan narsalar, butun insoniyat uchun jumboqli xodisalar, echimini kutayotgan global muammolar son-sanoqsizdir. Ammo shularning ichida eng muhimi, qolgan barcha muammolarni hal etishga turtki bo‘lishi mumkin bo‘lgan xodisa-ma’naviyat va tarbiya masalasidir. Tarbiya va ma’naviyat masalalarini bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Tom ma’noda insoniy fazilatlarga tarbiya jarayonisiz erishib bo‘lmagani kabi, ma’naviy omillarsiz ham uni tasavvur etish amri-mahol. Shuning uchun ham O‘zbekistonda har ikki fenomen xodisa o‘zaro aloqadorlikda mavjud. Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish asnosida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etishdan ko‘zlangan bosh maqsad-Vatani, millatiga cheksiz sadoqatli, o‘z millat qadriyatlari, an’analari, urf odatlarini avaylab-asraydigan, doimiy ravishda boyitib, o‘zining yuksak ma’naviy-axloqiy, g‘oyaviy-mafkuraviy sifatlarini shakllantirib, takomillashtirib boradigan shaxslarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – bugungi murakkab va tahlikali zamonda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz farovonligini ta’minlash, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. So‘nggi yillarda Davlat rahbari tomonidan ma’naviyat, ma’rifat masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda xozirgi kunda olib borilayotgan ma’naviy tarbiyaning tub negizini tashkil etadigan omillardan biri unda ilg‘or demokratik qoidalarga jiddiy e’tibor qaratilganligi bilan izohlanadi. Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ma’naviy-mafkuraviy ishlarning nazariy asosi bo‘lgan milliy g‘oyani rivojlantirish masalasi ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega. SHu bois, taniqli olimlar, ziyolilar, etakchi ekspertlar tomonidan Milliy g‘oya konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh g‘oya asosida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasida, “Yoshlar forumi”da hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzalarida ham ma’naviy-ma’rifiy sohalar rivoji uchun ustuvor bo‘lgan vazifalar alohida to‘xtalib o‘tildi. Shahar miqyosida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi tahlil etilganda ba’zi xo‘jalik yurituvchi korxonalar, jumladan kommunal tashkilotlar, tijorat banklari va boshqa xo‘jalik tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul bo‘lgan xodim biriktirilmaganligi, har xaftalik ma’rifat soatlari tizimli tashkillashtirilmayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu borada mazkur tashkilotlar birinchi rahbarlarining mas’uliyatni shaxsan o‘z zimmalariga olmaganliklari ko‘zga tashlanmoqda. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar muhokamasi asosida yig‘ilish Download 29.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling