Tasdiqlayman” 73-ixtisoslashtirilgan maktab-internati Maktab direktori: E. Sh. Usmonov Sog`lomlashtirish bo`yicha djt yo`riqchilari Ismailova Sh, Avutova A, Ergasheva N, Madraimova D. larning kunlik ish rejasi
Download 235.5 Kb.
|
Sana aziza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars shiori va maqsadi
- Dars o`tish joyi
- Asosiy qism.
- Yakuniy qism: 3-5 minut
” Tasdiqlayman” 73-ixtisoslashtirilgan maktab-internati Maktab direktori: _______E.Sh.Usmonov Sog`lomlashtirish bo`yicha DJT yo`riqchilari Ismailova Sh, Avutova A, Ergasheva N, Madraimova D.larning kunlik ish rejasi Sana: 14.03.2023 Sinf: 1-B Mavzu: Qaddi-qomatni shakillanishi va to`g`ri rivojlanishi. Dars shiori va maqsadi: Bel, gavda, umurtqa pog'onasi, lardoz, kifoz, skoliozlarini, mushak karsetini mustaxkamlash, to'g'ri rivojlanish va yassi oyoqni oldini olish uchun davolovchi jismoniy tarbiya mashg`ulotini olib boramiz. Davolovchi jismoniy tarbiya bilan uqalash mashg'ulotlari bir-biriga chambarchars bog`liqdir. “Sog`lom tanda sog`lom aql bejiz emas bu naqil. Birgalikda baland ovozda aytamiz. Dars o`tish joyi: DJT mashg`ulot zali. Darsga ajratilgan vaqt: 40 daqiqa Kirish qismi: Saf va yurish mashqlari: saf mashqlari o'ngga, chapga, ortga burilishlar. Xona bo'ylab yurishga o'tilib, qo`llar yuqorida oyoqlar uchida yurish, qo`llar yonda tovonlarda yurish, qo`llar belda oyoqlar tashqi va ichki taraflarida yurish, har bir qadamda oldinga egilib yurish, qo`llar bosh orqasida yarim o'tirgan xolatda yurish, qo`llar zamok xolda tizalarga qo'yib katta qadam tashlab yurish, va shunga o'xshash mashqlarni bajarib xona bo`ylab doira xosil qilish. Umum rivojlantiruvchi maqlar qo`llar belda boshlarimizni 1-4 hisobda o'ngga 1-4 hisobda chapga aylantirish, qo`llar yelkada yelkalarni l-4 hisobda oldinga 1-4 hisobda orqaga aylantirish, qo`llar bosh orqasida 1-2 sanog`ida chapga 3-4 sanog`ida o`ngga qayrilish, qo'llar belda bellarni 8 sanog`ida bukib chiqish, qo`llar tizada tizzalarni 1-2 sanog`ida chapga 3-4 sanog`ida o'rtaga 5-6 sanog`ida o'ngga bukish mashqi, turgan joyida yurish mashqi, va shunday URM lani bajarish. Asosiy qism. 1. Sport gilamchasida qoringa yotgan holda qo`llar oldinda zamok holda oyoqlar cho`zilgan (qayiq mashqi) qo`l va oyoqlarimizni teng ko`taramiz, 10 sanog`igacha ushlab turiladi. 2. D.X. yotvolamiz qo`llar va oyoqlar cho`zilgani qarama-qarshi o`ng qo`l-chap oyog`imizni ko`taramiz, 10-sanog`ida. D.X. almashtiramiz. 3. Chalqancha yotgan holda umurtqa pog`onasining fiziologik bukilishlari, tizzani bukkan holda qo`llar boshimizni orqasida oyoqlarimizni chap va o`ngga bukamiz, 10 sanog`ida ushlab turamiz. 4. D.X. yotamiz. Tizzalar bukilgan qo`llarimiz boshimizni orqasida oyoqlar yerdan uzulmagan holda boshimizni yelkamizni asta-sekinlik bilan ko`taramiz. 5. D.X. yotamiz. Qo`llarimizni pastga tushiramiz oyoqlar, tizzasi bukilgan 1 sanog`ida boshimizni, yelkalarimizni, oyoqlarimizni tizzasi bukilgan holda ko`taramiz. 5 sanog`igacha ushlab turamiz. Yakuniy qism: 3-5 minut Bir qatorga saflanib, nafas rostlovchi, tinchlantiruvchi, diqqatni bir joyga jamlovchi mashqlar bajarish. Tarbiyalanuvchilar tomonidan bo`lgan kamchiliklar va yutuqlarini aytib o`tish, baholash. Uyga vazifa berishda takrorlash kerak bo`lgan mashqlarni aytish va xayrlashib darsni yakunlash. DJT shifokori: _________Abdullayev K.S. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling