Tasdiqlayman” Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu akt sohasida ktf dekani K. Igamberdiyev “ ” 2018 yil 5350400 – “akt sohasida kasb ta'limi” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun bitiruv oldi amaliyoti dasturi
Download 196.61 Kb.
|
Amaliyot dasturi 2022 (3) (2)
Hisobotning tarkibiy qismlari:
(namunaviy) bitiruv oldi amaliyoti bo‘yicha hisobot quyidagi tarkibiy qismga ega bo‘lishi kerak: - titul varag‘i; mundarija; kirish; tahliliy (asosiy) qism; - xulosalar; - ilovalar. Hisobot titul varag‘i, kundalik daftarlarning shakli va mazmuni 1-ilovada keltirilgan. Hisobotning kirish qismida uning maqsadi, vazifalari, amaliyot sub’ekti va ob’ekti, erishilgan natijalar, ularning ahamiyati, hisobotning hajmi va tarkibi yoritiladi. Hisobotning tahliliy (asosiy) qismida ishlab chiqarish amaliyot dasturiga kiritilgan mavzular (savollar) bo‘yicha o‘rganish natijalari, ya’ni korxonada u yoki bu ob’ektni hisobga olishning amaldagi holati, undagi kamchiliklar ochib beriladi. Ushbu qismda o‘rganilgan mavzu (savol)larni yoritishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilish tavsiya etiladi: korxonaning tashkiliy tuzilishi; korxonaning umumiy ta’rif – tavsifi (vazifasi, jihozlarining tarkibi, boshqa aloqa korxonalari bilan o‘zaro aloqasi, uning respublika, viloyat, tuman umumiy aloqa tarmog‘idagi o‘rni); asosiy va yordamchi jihozlarning texnik tavsiflari; korxonalarda jihozlarning texnik holatini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan choralar (me’yoriy hujjatlar ro‘yxati); rejali va rejasiz profilaktik va qayta tiklash bo‘yicha texnik xizmat ko‘rsatish (ta’mirlash); ekspluatatsion o‘lchash turlari va doimiyligi, o‘lchashlar bo‘yicha hujjatlashtirish (kalendar grafiklari, o‘lchash bayonlari va h.k.); jihozlarning texnik holatini ta’minlash bo‘yicha korxonada qilinadigan ishlarning xulosalari. bu ishlarni yaxshilash bo‘yicha takliflar. Mundarijada hisobotning har bir qismi (bo‘limlari)ning boshlang‘ich tartib raqami ko‘rsatiladi. Hisobotning xulosa qismida korxonada o‘rganilgan ma’lumot uzatish tarmoq va tizimlar bo‘yicha ma’lumotlar va ulardagi kamchiliklarni bartaraf etishga oid taklif va tavsiyalar beriladi. Ularga berilgan tartib raqamlar hisobot matnida keltirilgan tartib raqamlar bilan bir xil bo‘lishi kerak. bitiruv oldi amaliyoti bo‘yicha tayyorlangan hisobot va korxona tomonidan imzolangan hamda tasdiqlangan kundalik kafedraga amaliyot tugagan kundan boshlab 3 kun muddatda topshirilishi lozim. Rahbarlar hisobotning rasmiylashtirilishi, mazmuni jihatdan qo‘yilgan talablarga muvofiqligiga baho beradi va o‘z mulohazalarini taqrizda aks ettiradi. Taqrizda ishning ijobiy tomonlari, mavjud kamchiliklari batafsil e’tirof etilishi, so‘nggida esa, hisobotning himoyaga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi to‘g‘risida rahbarning xulosasi keltirilishi kerak. To‘g‘ri rasmiylashtirilgan, dasturda ko‘zda tutilgan savollar nazariy, amaliy jihatdan to‘liq yoritilgan hisobotlarga ijobiy taqriz beriladi va himoyaga qo‘yiladi. Rasmiylashtirilishi va mazmuni jihatdan qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan ishlar himoyaga qo‘yilmaydi. Bunday hollarda talaba taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf qilishi va ishni qaytadan taqrizga berishi kerak. Oldingi taqrizda keltirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilingan taqdirda hisobot himoyaga qo‘yiladi. Download 196.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling