ASOSIY AMALIYOT O‘TASH OB’EKTLARI :
Yunusobod tumanidagi 9-Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi;
Zangiota tumanidagi 5 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
Qibray tumanidagi 46 – umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
“O'ZBEKTELEKOM” АК TSHTT FILIALLARI ;
"ALOQALOYIHA" DUK ;
Elektromagnit moslashuv markazi - “EMMM” DUK;
"UNICON.UZ" Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" - “UNICON.UZ” DUK ;
" «UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator» MCH.
Asosiy amaliyot o‘tish ob’ektlarida talabalar tomonidan bajariladigan ishlar mazmuni (amaliyot dasturi)
Amaliyot dasturlari mazkur yo‘nalish(ixtisoslik)ning malakaviy talablari, korxona, muassasa, tashkilotlarning (amaliyot ob’ektlari) tavsifi hisobga olingan holda amaliyot rahbarlari tomonidan ishlab chiqiladi va ularni kafedra mudiri tasdiqlaydi.
(1-ilova)
Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga amaliyot rahbariga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar, amaliyot ob’ekti bo‘limlarining qisqacha izohi, ular amaliy faoliyatining tashkil qilinishi, amaliyot ob’ektlarining asosiy faoliyati ko‘rsatkichlarini, to‘plangan materiallar asosida fikr-mulohazalar, konkret taklif va tavsiyalarni o‘z ichiga olishi lozim.
Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini kafedra tomonidan belgilangan komissiya oldida himoya qiladi.
Komissiya tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o‘qituvchi, amaliyot rahbari va imkoni bo‘lsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi.
Amaliyot bahosi talabaning kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Kafedraning umumiy majlisida malakaviy amaliyot natijalariga yakun yasaladi.
Amaliyot dasturini bajarmagan yoki hisobot himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba ta’til vaqtida o‘z hisobidan qayta amaliyot o‘tishga jo‘natiladi.
Ayrim xollarda, bunday talabaning kelgusida institutda o‘qishi mumkinligi masalasi rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va uning matnini bayon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida amalga oshiriladi.
Hisobot ikki qismdan: matn qismi va ilovalardan iborat bo‘lishi kerak.
Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi.
Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi lozim. Ish turlarining mazmuni kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi.
Ushbu hisobotda talaba kelajakda amaliyot o‘tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun amaliyotni o‘tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi.
Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Amaliyot kundaligi talaba tomonidan:
ehtiyotkorlik bilan, o‘z vaqtida va imlo xatolarisiz to‘ldirilishi;
o‘z qo‘li bilan yozilishi;
amaliyot davrida tasdiqlanishi kerak.
Amaliyot kundaligini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan taqdirda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Hisobot standart hajmdagi qog‘ozda (A4, 210-297mm), chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |