Tasdiqlayman” Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu akt sohasida ktf dekani K. Igamberdiyev “ ” 2018 yil 5350400 – “akt sohasida kasb ta'limi” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun bitiruv oldi amaliyoti dasturi


AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING AMAL QILISHI LOZIM BO‘LGAN QOIDALAR


Download 196.61 Kb.
bet9/13
Sana18.06.2023
Hajmi196.61 Kb.
#1597151
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Amaliyot dasturi 2022 (3) (2)

2.4.AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING AMAL QILISHI LOZIM BO‘LGAN QOIDALAR
Amaliyotchi-talaba bitiruv oldi amaliyotni o‘tash chog‘idagi quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:

  • amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan individual topshiriqlarni to‘liq bajarish;

  • ta’lim muassasasi yoki korxonada joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir qoidalarni o‘rganib, ularga rioya qilish;

  • ta’lim muassasasi yoki korxonada uskunalardan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni o‘rganib, ularga qat’iy rioya qilish;

  • o‘z kundaligida kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxiriga kelib korxonadan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish hamda haftada bir marotaba universitet tomonidan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish (haftaning shanba kuni tanlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi);

  • hisobot uchun materiallarni yig‘ish va o‘rganish bilan doimiy ravishda shug‘ullanish;

  • ta’lim muassasasi yoki korxona jamoasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish;

  • har bir amaliyot o‘tilgan bo‘lim bo‘yicha alohida hisobot yuritish;

  • bitiruv oldi amaliyot tugashi bilan amaliyot bo‘yicha hisobotni kafedraga taqdim etish.

Amaliyot dasturi bo‘yicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki amaliyot hisobotini himoya qilish chog‘ida qoniqarsiz baho olgan amaliyotchi-talaba talabalik safidan chiqariladi.

3. MALAKAVIY AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH VA HISOBOTINI HIMOYA QILISH


Amaliyot hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasiga amaliyotdan qaytgandan so‘ng bir kun davomida topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o‘z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi. Kafedrada belgilangan grafikka binoan kafedra tomonidan tuzilgan hay’at oldida amaliyot hisoboti talaba tomonidan himoya qilinadi. Malakaviy amaliyot hisoboti kafedra tomonidan ishlab chiqilgan “Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil etish va reyting tizimida baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma”ga binoan baholanadi.


Download 196.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling