Tasdiqlayman” Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu akt sohasida ktf dekani K. Igamberdiyev “ ” 2018 yil 5350400 – “akt sohasida kasb ta'limi” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun bitiruv oldi amaliyoti dasturi


Korxona tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari


Download 196.61 Kb.
bet6/13
Sana18.06.2023
Hajmi196.61 Kb.
#1597151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Amaliyot dasturi 2022 (3) (2)

Korxona tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari:

  • kafedra tomonidan tayinlangan rahbar bilan hamkorlikda talabaning amaliyot o‘tash bo‘yicha tuzgan shaxsiy ish rejasini ko‘rib chiqish;

  • talabani ish joyi bilan ta’minlash va ish vaqtidan unumli foydalanishi, o‘z vaktida amaliyotga qatnashishini nazorat qilish;

  • amaliyot dasturini to‘liq bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatish;

  • har bir bo‘lim va mavzu bo‘yicha ish boshlashdan oldin talaba bilan suhbatlashish va bu bo‘limda qilinadigan ishlar muddati, bundan tashqari alohida ishlarni bajarishda va o‘rganish jarayonida barcha savollar bo‘yicha maslahat berish;

  • dasturga kiritilgan savollarni to‘liq o‘rganishni talab qilish;

  • amaliyot kundaligidagi yozuvlarni nazorat qilish va ularning to‘g‘riligini tekshirib, imzo qo‘yish;

-amaliyot tugagach talabaning amaliyot natijalari bo‘yicha yozma hisobotiga xulosa berish.

Talabalarning amaliyot bilan bog‘liq majburiyatlari


Talaba quyidagilarni bajarishi shart:

  • birinchi haftada ta’lim muassasasi yoki korxonadagi amaliyot rahbari bilan birgalikda korxonaning imkoniyatlarini hisobga olgan holda dasturga qo‘shimcha kiritish;

  • amaliyotni belgilangan ta’lim muassasasi yoki korxonada dasturga muvofiq o‘tash;

  • universitet va korxona tamonidan tayinlangan rahbar bilan birga dastur bo‘yicha ishchi rejasini tuzish;

  • qat’iy belgilangan muddatlarda ishlab chiqarish amaliyotini dastur asosida o‘tkazish;

  • kundalikda belgilangan tartibda xar kunlik bajarilgan ishni yozib borish va korxona tomonidan belgilangan raxbarlar imzosi bilan tasdiklatish;

  • ta’lim muassasasi yoki korxona xodimlari uchun o‘rnatilgan ish tartibiga va mexnat qonunchiligiga rioya etish;

  • texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganish va unga qat’iy amal qilish;

  • ishlab chiqarish amaliyotiga qatnasha olmagan kunlari uchun ta’lim muassasasi yoki korxona tomonidan tayinlangan amaliyot raxbariga yozma tushuntirish yoki ma’lumotnoma taqdim etish;

  • har xafta kamida bir martta kafedra tomonidan tayinlangan rahbarlardan yoki kafedra o‘qituvchilaridan amaliyot o‘tash va amaliyot bo‘yicha xisobotni tayyorlash bo‘yicha tegishli maslaxatlar olish;

-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash jarayonida ta’lim muassasasi yoki korxona ma’lumotlari asosida xisobot yozish va bu xisobotni belgilangan muddatlarda kafedraga topshirish.

Download 196.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling