2. UMUMIY QOIDALAR
2.1. AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFASI
Bitiruv oldi amaliyotining asosiy vazifasi bo‘lib mutaxassislik bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va amaliy ish ko‘nikmalarni hosil qilish, ishlab chiqarishdagi yangiliklarga ega bo‘lish, shuningdek, tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar malakasi bilan tanishish hisoblanadi.
Bitiruv oldi amaliyotini o‘tishning maqsadi talabalarning yo‘nalish o‘quv rejasida belgilangan fanlardan olgan nazariy bilimlarini kengaytirish, mustahkamlash, shu bilimlar asosida amaliy bilimlarni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotga joriy etish, aniq maqsadlar uchun qo‘llash, amaliy ko‘nikma va malakani egallashdan iborat.
Bitiruv oldi amaliyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
universitetda berilayotgan nazariy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish;
sohaga oid yangiliklardan xabardor bo‘lib borish va amaliyotga joriy etishni o‘rganish;
kompyuter savodxonligi bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lish, uning tuzilishi, bo‘limlar, ularning ish mazmuni, ularda yuritilayotgan xujjatlar bilan tanishish va o‘rganish;
axborot xavfsizligi va hizmatlarni o‘rganish;
ishlab chiqarish va nazariy bilimlarni umumlashtirilgan holda anglab yetish;
ish joylarida xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish va ta’minlash;
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.
2.2. MALAKAVIY AMALIYOTNING MAZMUNI VA TARKIBI
Bitiruv oldi amaliyoti kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot ob’ektiga individual tarzda yondoshishi zarur. Shuningdek, «Talabaning kalendar ish rejasi» aniq, maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |