5.8 O‘t o‘chirish vositalari, maqsadi va ulardan foydalanish qoidalari
Korxona sexlarida o‘t o‘chirish uchun nizom me’yorlariga muvofiq birlamchi o‘t o‘chirish vositalar mavjud.
Yong‘in kengayishining oldini olish va uning rivojlanishini dastlabki bosqichida yo‘q qilish uchun asosiy o‘t o‘chirish vositalar sifatida quyidagilar qo‘llaniladi: o‘t o‘chirgichlar (uglekislotali va kukunli); quruq qum (quritilgan va elangan); asbest mato.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va yong‘inga qarshi uskunalarning joylashuvi yong‘in xavfsizligi xodimlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak va chizmada ko‘rsatilishi va favqulodda vaziyatlarning kengayishini oldini olish rejasidagi ko‘rsatmalarga muvofiq bo‘lishi kerak. Barcha o‘t o‘chirish vositalari xizmat ko‘rsatish, kuzatish va foydalanish qulay bo‘lishini hisobga olib oson olinadigan qilib joylashtirilishi kerak. Ularga o‘tish joylari doim bo‘sh bo‘lishi kerak.
Qum qutilari hajmi 0,5 m3 dan kam bo‘lmasligi va belkurak bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, qum vaqti-vaqti bilan bo‘shatilib, quritilishi kerak. Qum yonuvchan va tez alangalanuvchi suyuqliklarning olovini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Asbest matoni qopqoqli g‘ilofda saqlanishi va vaqti-vaqti bilan quritilib va changdan tozalanishi kerak.
KO‘-10 - kukunli o‘t o‘chirgichi yonuvchan va yengil alangalanuvchi suyuqliklar, ishqor-tuproqli metallar, kuchlanish ostidagi elektr inshootlari yong‘inlarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Avtomobillar, traktorlar va boshqa texnikalar kukunli o‘t o‘chirgichlar bilan jihozlanishi mumkin.
UO‘-5, UO‘-2 – uglekislotali o‘t o‘chirgichlar havosiz yonishi mumkin bo‘lgan uglerod ikki okisidining turli moddalarida yong‘inni o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
5.9 Yong‘in xavfsizligi va gaz qutqarish xizmatini chaqirish vositalari va tartibi
Yong‘in, tutun va yong‘in sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalarni sezgan chilangar-ta'mirlovchi quyidagilarni bajarishi kerak: darhol yong‘in xavfsizligi xizmati va HGQO ni chaqirish; mexanik yoki ustani yong‘in joyiga chaqirish; sex rahbariyatini va korxona katta dispetcherini darhol xabardor qilish va yong‘in tarqalishini cheklash va yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Sexda yong‘in xavfsizligi xizmatini chaqirish vositasi har bir ishlab chiqarish binosida joylashgan telefonlar orqali amalga oshiriladi.
Yong‘in xavfsizligi xizmati va HGQO ga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilganda, siz quyidagilarni xabar qilish kerak: familiya va yong‘in sodir bo‘lgan sexning raqami.
Do'stlaringiz bilan baham: |