Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov
Download 333.24 Kb.
|
BMB-UZ-54
6.8.2 Sun'iy nafas berish.
Sun'iy nafas oldirishni o‘tkazishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur; -jabrlanuvchini qisib turuvchi kiyimlaridan (yoqasini bo‘shatish, bo‘yinbog‘, sharfini bo‘shatish, kamarini yechish va boshqalar) ozod qilish; -tili bilan yopilib qolishi mumkin bo‘lgan nafas olish yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta'minlash. Buning uchun jabrlanuvchining boshini oxirigacha orqaga tashlash bir qo‘lini bo‘yni ostiga qo‘yib ikkinchi qo‘l bilan jabrlanuvchining peshonasini shunday bosish kerakki, iyagi bo‘yni bilan bir xil ko‘rinishda bo‘lsin. Boshning ushbu holatida odatda og‘iz ochiladi. Birinchi erishilgan holatni saqlab turish uchun kuraklar ostiga kiyimlaridan o‘ralgan o‘ramani qo‘yish kerak. -og‘zida yot narsalar (qon, so‘lak va boshqalar) bo‘lsa, jabrlanuvchining boshi va yelkasini yonboshga burib, ro‘molcha yordamida og‘iz boshlig‘i va tomog‘ini tozalash kerak, ko‘ylagining yoqasini ko‘rsatish barmoqqa o‘rab yot jismlar (tish protezi va boshqalar) olib tashlanadi. Agar jabrlanuvchining og‘zi qattiq qisilgan bo‘lsa, pastki jag‘ini surib ochish kerak. Buning uchun ikkala qo‘lning 4 barmog‘ini pastki qismining burchagi orqasiga qo‘yiladi va bosh barmoqlar bilan uning chekkasiga bosiladi. Pastki jag‘ tishlari yuqorisiga qaraganda oldinroqda turishi uchun jag‘i oldinga suriladi. Agar jabrlanuvchining og‘zini ochishning iloji bo‘lmasa unga sun'iy nafas og‘izdan burunga usulida o‘tkaziladi. Sun'iy nafasni bajarish uchun yordam ko‘rsatuvchi chuqur nafas olib keyin og‘zini jabrlanuvchining og‘ziga zich bosib (doka yoki dastro‘molcha orqali ham mumkin) kuch bilan havoni puflaydi. Bu paytda jabrlanuvchining burnini yonoqlar yoki barmoqlar bilan yopish kerak. So‘ngra yordam ko‘rsatuvchi o‘zini orqaga tashlaydi va yana chuqur nafas oladi. Bu vaqtda jabrlanuvchining ko‘krak qafasi pasayadi va u yengil nafas chiqaradi. Har 5-6 soniyada havo yuborishni o‘tkazish zarur, chunki nafas olish daqiqasiga 10-12 marta bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Sun'iy nafas oldirish o‘zining mustaqil chuqur va takroriy nafas olishi tiklangunicha olib boriladi. Jabrlanuvchida qon tomiri urishi bo‘lmasa, qon aylanishini tiklash uchun bir vaqtning o‘zida sun'iy nafas oldirish bilan birgalikda yurakni tashqi massaj qilishni olib boriladi. Download 333.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling