Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov


Texnologik sexlarda ishlarni amalga oshirishda nafas olganda zararli kimyoviy gazlar va bug‘lar bilan zaharlanish. 6.4.3


Download 333.24 Kb.
bet16/27
Sana18.06.2023
Hajmi333.24 Kb.
#1586228
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
BMB-UZ-54

6.4.2 Texnologik sexlarda ishlarni amalga oshirishda nafas olganda zararli kimyoviy gazlar va bug‘lar bilan zaharlanish.
6.4.3 Dastgohlarda ishlashda XT qoidalari buzilgan taqdirda mexanik shikastlanishlar.
6.4.4 Tuzlar va eritmalar ko‘rinishidagi zararli kimyoviy moddalar chang shaklida tanaga kirganda yoki ichimlik suvi o‘rniga noto‘g‘ri ishlatilganda zaharlanish.
6.4.5 Korxona hududida harakatlanishda temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishda temir yo‘l va avtomobil transporti ostiga tushib qolish xavfi.
6.5 Kasbiy zaharlanish, kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari, ularning oldini olish va profilaktika choralari
Ishlab chiqarishda texnologik jarayon, XT qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari-ning buzilishi avariya, yong‘in, baxtsiz hodisa, kasbiy zaharlanishga olib kelishi mumkin. Inson tanasiga zararli moddalarning uzoq vaqt takroriy ta'siri natijasida kasbiy kasalliklar xavfi paydo bo‘lishi mumkin.
Baxtsiz hodisalarga olib keladigan asosiy sabablar: texnologik jarayon me'yorlarining buzilishi; jihozlar, mexanizmlar, moslamalar, ko‘tarish mexanizmlarining nosozligi; ishni tashkil etishning va ish joylarini saqlanishining qoniqarsizligi; yo‘l harakati qoidalarini buzish; xavfsizlik qoidalarini buzish; shaxsiy himoya vositalaridan (SHHV) foydalanmaslik.
Bu sabablar zararli moddalar bilan zaharlanish, elektr tokidan shikastlanish, ishchining balandlikdan yoki quduqqa, xandakka, chuqurga tushib ketishi, transport vositasining ostiga tushish yoki transport vositasi bilan to‘qnashish, kimyoviy kuyishlar, yong‘indan, bug‘dan, jihozlarning issiq qismida issiqlikdan kuyishlar, nosoz jihozlarda nosoz asbob bilan ishlaganda va hokazolarda jarohatlanishga olib keladi.
Shikastlanish va kasbiy kasalliklarga olib keladigan sabablarning oldini olish uchun XT, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari va me'yorlariga rioya qilish, yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan barcha talablarni bajarish kerak.
Shu maqsadda chilangar-ta'mirlovchiga XT, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq o‘tiladi, dastgohda ishlovchilar har yili majburiy profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar, bundan tashqari, ishchilar uchun shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya mavjud.
Chilangar-ta'mirlovchiga SHHV belgilangan me'yorlarga muvofiq beriladi. Chilangar-ta'mirlovchiga berilgan shaxsiy himoya vositalari korxonaning mulki bo‘lib, ishdan bo‘shatilgandan yoki boshqa sexga o‘tkazilganda, yaroqlilik muddati tugaganda qaytariladi va o‘rniga yangisi beriladi.
Agar shaxsiy himoya vositalari chilangar-ta'mirlovchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra belgilangan yaroqlilik muddati tugagunga qadar yaroqsiz holga kelib qolsa, ular yangisi bilan almashtiriladi. Bunday almashtirish ma'muriyat tomonidan sex komissiyasi vakili ishtirokida tuzilgan tegishli dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
Agar maxsus kiyim yaroqlilik muddati tugagunga qadar chilangar-ta'mirlovchining aybi bilan shikastlansa yoki yaroqsiz holga kelib qolsa, ma'muriyat uning qolgan eskirish davriga to‘g‘ri keladigan qiymatini undirib olishga haqli.
Chilangar-ta'mirlovchi ish vaqtida o‘ziga berilgan maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim va boshqa shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi shart va ularsiz ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chilangar-ta'mirlovchi ish kunining oxirida foydalanilgan ko‘zoynak, respirator, rezina qo‘lqop, rezina etiklarni artib, kir va changdan tozalashi va shkafga qo‘yishi kerak.
Nafas olish va ko‘rish organlarini havo tarkibidagi gazlar, bug‘lar, aerozollar, chang, tutun va tuman ko‘rinishidagi zararli moddalar ta'siridan himoya qilish uchun sanoat filtrlovchi gazga qarshi niqoblardan foydalaniladi.
Filtrlovchi gazga qarshi niqoblardan faqat tarkibida 18 foizdan kam bo‘lmagan erkin kislorod va 0,5 foizdan ko‘p bo‘lmagan zararli moddalarni o‘z ichiga olgan atmosferada foydalanish mumkin.
NOSHHV ning filtrlovchi gazga qarshi niqoblari maqsadi, belgilanishi va rangli taniqlik belgilanishidagi ranglar.

1-jadval



Download 333.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling