Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov
Shaxsiy gigiyenaga rioya qilishning asosiy talablari
Download 333.24 Kb.
|
BMB-UZ-54
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.8.1 Elektr tokidan shikastlanganda birinchi yordam.
6.7 Shaxsiy gigiyenaga rioya qilishning asosiy talablari
6.7.1 Chilangar-ta'mirlovchi ishni boshlayotganda shu ish joyi uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim, himoya vositalarining (gazga qarshi niqob, respirator, himoya kaskasi, qo‘lqop va boshqalar) mavjudligi va yaroqliligini tekshirishi kerak. Shaxsiy kiyimini maishiy xonadagi shaxsiy shkafda maxsus kiyimdan alohida saqlashi lozim. 6.7.2 Maishiy xonada va ishlab chiqarish maydonchalarida maxsus kiyimlarni yuvish va quritish mumkin emas. Ularni kirxonalar yuvish yuvish uchun xo‘jalik mudiriga topshirish kerak. 6.7.3 Ish joyida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va iste'mol qilish ta'qiqlanadi. Shu maqsadda korxonada oshxonalar, bufetlar, ovqatlanish uchun maxsus joylar ajratilgan. 6.7.4 Ovqatlanishdan oldin qo‘llarni sovun bilan yuvish kerak, qo‘lni yuvish uchun turli xil eritmalardan foydalanish mumkin emas. 6.7.5 Maishiy xonalar, dushlar, hojatxonalar toza saqlanishi, davriy dezinfektsiya qilinishi, begona narsalar bilan aralashmasligi va begona narsalarni saqlash uchun ishlatilmasligi kerak. 6.7.7 Shamollash kasalliklarini oldini olish uchun binoda yelvizakka yo‘l qo‘ymaslik kerak, sovuq vaqtda ko‘chaga chiqqanda issiq kiyim kiyib chiqishi kerak. 6.7.8 Ish joyini toza va yong‘in yoki noxush hodisaga olib kelishi mumkin bo‘lgan axlat, yog‘li latta va boshqa narsalardan tozalash kerak. 6.7.9 Sanoat suvini (sovutilgan, qayta ishlangan) ichish, sut ichish, choy tayyorlash uchun laboratoriya idishlaridan foydalanish mumkin emas. 6.8 "Navoiyazot" AJ da jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha MM va XTB-UZ-12 yo‘riqnomaga asoslanib jabrlanuvchilarga noxush hodisalarda birinchi yordam ko‘rsatish usullari va qoidalari. 6.8.1 Elektr tokidan shikastlanganda birinchi yordam. Odamni elektr toki ta'siridan qutqarish davomida qutqaruvchining o‘zi jabrlanuvchi-ning holatiga tushib qolmasligi uchun ehtiyotkorlik choralarini qo‘llashi kerak. Elektr qurilmani yaqin atrofdagi o‘chirgichdan o‘chirish yoki izolyatsiyalangan dastakli asboblar (pichoq, bolta va boshqalar) yordamida simlarni kesib, tok zanjirini uzish zarur. Agar ushbu hollarda jabrlanuvchi yuqoridan yiqilib tushmasligini ogohlantirish yoki uning yiqilib tushmasligining xavfsizlik choralarini qo‘llash kerak. Agar tokni tezda o‘chirish mumkin bo‘lmasa, jabrlanuvchini u ushlagan tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish zarur. Kuchlanish 380 V gacha bo‘lganda jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan yoki simdan ajratish maqsadida kiyimining quruq joyidan, arqon, tayoq yoki boshqa quruq tok o‘tkazmaydigan narsalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Metall yoki ho‘l narsalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Yordam ko‘rsatuvchi shaxs izolyatsiya uchun qo‘liga dielektrik qo‘lqop kiyishi yoki qo‘lini quruq mato bilan o‘rashi kerak. Hamda o‘zini yerdan izolyatsiya qilib quruq taxta ustiga yoki tok o‘tkazmaydigan material ustida turishi kerak. Kuchlanish 380 V dan yuqori bo‘lsa rezina etik, dielektrik qo‘lqop kiyib ushbu qurilmadagi kuchlanishga mo‘ljallangan shtanga yoki qisqichlar bilan harakat qilinadi. Jabrlanuvchini elektr toki ta'siridan ozod qilgandan so‘ng unga zudlik bilan holatiga qarab shifokor kelgunga qadar birinchi yordam ko‘rsatish zarur. Uning holatini aniqlash uchun qyidagilarni bajarish zarur. -jabrlanuvchini qattiq yuzaga orqa tomoni bilan (chalqancha) yotqizish kerak; -jabrlanuvchining nafas olishi va qon tomir urishi borligini aniqlash; -ko‘z qorachig‘i holatini (tor yoki keng) tekshirish, kengaygan qorachiq miyaning qon ta'minotining tezda yomonlashuvini ko‘rsatadi. Elektr toki bilan zararlangan barcha holatlarda jabrlanuvchining holatidan qat’i nazar albatta shifokorni chaqirish kerak. Faqat shundan so‘ng jabrlanuvchiga kerakli yordamni ko‘rsatish zarur. Agar jabrlanuvchi hushida bo‘lsa, lekin bungacha hushsiz holatida yoki uzoq vaqt tok ta'sirida bo‘lgan bo‘lsa, unda uni narsa to‘shab qulay holatda yotqizish kerak, ustini biron-bir narsa yoki kiyimlari bilan yopib, shifokor kelguncha nafas olishi va tomir urishini uzluksiz kuzatgan holda osoyishtalikni ta'minlash kerak. Agar jabrlanuvchi hushsiz holatda bo‘lsa, ammo nafas olishi me'yorda va tomir urishi sezilsa uni to‘shamaga yotqizib, kiyimlari va kamarini bo‘shatib, nashatir spirtidan hidlatib hushiga keltirish toza havo va osoyishtalikni ta'minlash kerak. Agar jabrlanuvchi qiynalib nafas olsa, uzlukli yoki nafas olmasa, unga sun'iy nafas oldirish va yurak sohasini uqalash kerak. Download 333.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling