Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov


Download 333.24 Kb.
bet21/27
Sana18.06.2023
Hajmi333.24 Kb.
#1586228
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
BMB-UZ-54

6.8.3 Yurakni tashqi massaj qilish.
Yurakni tashqi to‘gridan-to‘gri bo‘lmagan massaj qilish orqa tomonida yurak qismidan ko‘krakning harakatlanuvchi qismiga nisbatan ko‘krak qafasining old devoriga takroriy bosish yo‘li bilan olib boriladi.
Yurakni tashqi massaj qilish uchun jabrlanuvchini orqasi bilan qattiq yuzaga yotqizish, ko‘krak qafasini yalong‘och qilish, kamarini yechish, nafas olishini qisuvchi kiyimlarini bo‘shatish kerak. Ko‘krakning pastki qismi holatini aniqlab (u taxminan ko‘krakning yumshoq qismi tugashidan ikki barmoq yuqorida joylashgan) yordam ko‘rsatuvchi kaftining pastki qismini u yerga qo‘yib keyin qo‘l ustiga to‘g‘ri burchak ostida ikkinchi qo‘lini qo‘yib, jabrlanuvchining ko‘krak qafasiga bosiladi. Bosimni tezlik bilan olib borish kerak, chunki ko‘krakning pastki qismini umurtqa pog‘onasi tomon (3-4) sm, baquvvat kishilarnikiga (5-6) sm ga yaqinlatirish kerak. Ko‘krakka bosishni taxminan 1 soyinada 1 martadan takrorlash kerak. Yurakni massaj qilish bilan bir vaqtda sun'iy nafas yuborishni ham bajarish lozim. Agar yordam ko‘rsatuvchilar ikki kishi bo‘lsa, tajribasi kamrog‘i sun'iy nafas yuborishni bajarishi, boshqasi yurakni massaj qilishi kerak. Havo yuborishni har 3-5 bosimdan keyingi oraliqda olib borish kerak. Agar yordam ko‘rsatuvchi bir o‘zi bo‘lsa, unda u jarayonni navbat bilan olib boradi, ikki marta havo bergandan keyin 15 marta bosish kerak. Yurak faoliyatining tiklanganligini jabrlanuvchida mustaqil holda doimiy tomir urishi paydo bo‘lganligidan bilish mumkin.
6.8.4 Jarohatlanganda birinchi yordam
Jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatishda quyidagi qoidalarga qat'iy rioya qilish kerak:
- yarani suv yoki biron bir dorivor modda bilan yuvish, kukun sepish va turli malhamlar surtish mumkin emas - bu yaraning bitishiga to‘sqinlik qiladi, yiringlashni keltirib chiqaradi va teri yuzasida ifloslanishiga olib keladi;
- yaradan qum, tuproq va hokazolarni olib tashlash mumkin emas, chunki bu tarzda tozalash yarani ifloslanishiga olib keladi. Yarani ifloslantirmaslik uchun uning atrofidagi terini ehtiyotkorlik bilan yara chetidan tashqariga qarab tozalash kerak:
- terining tozalangan joyini yod bilan yuvish va yod damlamasiga botirilgan toza to‘qilgan latta bilan berkitish kerak.; qon quyqalarini, kiyim qoldiqlarini va hokazolarni yaradan olib tashlamang, chunki bu kuchli qon ketishiga olib kelishi mumkin;
- qo‘l uyushib qolmasligi uchun yaralarni izalyatsiyalovchi lenta bilan bog‘lamaslik yoki yaraga biror narsa qo‘ymaslik kerak.
Shikastlanganda birinchi yordam ko‘rsatish uchun dorilar qutisi (aptechka) dagi yarani bog‘lashga mo‘ljallangan paketni undagi ko‘rsatmalarga muvofiq ochish kerak. Yarani bog‘lashda bevosita qo‘l bilan yaraning bog‘lanadigan qismiga tegmaslik kerak. Agar bog‘lam paketi bo‘lmasa, u holda jarohatni bog‘lash uchun toza ro‘molcha, toza mato va hokazolardan foydalanish mumkin. Paxtani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yaraga qo‘yish mumkin emas. Matoni jarahat ustiga qo‘yishdan oldin matoga yod eritmasidan bir nechta tomchi tomizilib yara o‘lchamidan kattaroq dog‘ hosil qilinib keyin qo‘yilishi kerak.
Yordam ko‘rsatuvchi qo‘llarini yuvishi yoki barmoqlariga yod surtishi kerak. Yaraga hatto yuvilgan qo‘llar bilan tegish mumkin emas. Agar yara tuproq bilan ifloslangan bo‘lsa, og‘ir oqibatlarga qarshi chora ko‘rish uchun shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilish kerak.

Download 333.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling