Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov
Suyaklar singanda, chiqqanda, lat yeganda va paylar cho‘zilganda birinchi yordam
Download 333.24 Kb.
|
BMB-UZ-54
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.8.7 Kuyganda birinchi yordam
6.8.6 Suyaklar singanda, chiqqanda, lat yeganda va paylar cho‘zilganda birinchi yordam.
Suyak singanda va chiqqanda jabrlanuvchiga ushbu joy atrofidagi to‘qimalarning qo‘shimcha zararlanishining oldini olish maqsadida osoyishtalik zarur, hamda yopiq sinish-ning ochiq sinishga aylanishini oldini olish uchun tinchlantirish kerak. Chiqgan joylarni faqat shifokor to‘g‘irlashi lozim. Bilak, yelka yoki sonlar singanda shina qo‘yiladi. Agar standart (muvofiq) shina topilmasa, mavjud materiallardan (faner taxta va boshq.) foydalanish zarur. Uncha kuchli bo‘lmagan tashqi lat yeshishga lat yegan joyga sovuq kompress qo‘yiladi va qisib bog‘lanadi. Lat yegan joylarga yod surtish, qizdiruvchi kompress qo‘yish va surtishga maslahat berilmaydi. Tashqi og‘ir lat yeyishda va ichki lat yeyishda iloji boricha zudlik bilan shifokorni chaqirish yoki jabrlanuvchini darhol nosilkada yaqin atrofdagi tibbiy punktga olib borish zarur. Pay cho‘zilganda qisib bog‘lash va jarohat olgan bog‘imlarga osoyishtalikni ta'minlash zarur. Jarohat joylariga sovuq narsa qo‘yilishi maslahat beriladi. Jarohatlangan oyoq ko‘tarilgan bo‘lishi va jarohatlangan qo‘l-bo‘yniga ro‘molcha bilan osilib qo‘yilishi zarur. 6.8.7 Kuyganda birinchi yordam. Kuyishlar: termik- olovdan, bug‘dan va qaynoq modda va buyumlardan kelib chiqadi, kimyoviy-kislota va ishqorlardan kelib chiqadi. Termik kuyishda, kuygan yuzaga qo‘l tekkizmasdan ehtiyotkorlik bilan kuygan joyni kiyimlardan ozod qilish, tibbiy paketdan toza material bilan yopish, ustidan toza paxta qo‘yib, bint bilan bog‘lash, so‘ngra jabrlanuvchini tibbiyot punktiga yuborish kerak. Yuzadagi pufaklarni yormaslik va kiyimlarning kuygan parchalarini shilib olish maqsadga muvofiq emas. Kuchli kislota yoki ishqorlar terida kuyishni keltirib chiqarganda, zararlangan joyni darhol oqayotgan toza suv bilan 10-15 daqiqa davomida yuvish kerak, borniy kislota eritmasi (bir stakan suvga 1 choy qoshiq kislota) bilan yoki kuchsiz sirka kislotasi eritmasi (teng yarmi suv bilan arlashgan oshxona sirkasi) bilan shimdirilgan (bog‘lam) qo‘yish kerak. Ko‘zga yoki og‘iz boshlig‘iga kislota yoki ishqor tushganda darhol oqayotgan toza suv bilan, so‘ngra borniy kislota eritmasi (1 stakan suvga ½ choy qoshiq) bilan yuvish kerak va tibbiy punktga murojaat qilish kerak. Ko‘z kuchlanish chaqnashi bilan kuyganda, borniy kislota eritmasi (1 stakan suvga ½ choy qoshiq kislota) shimdirilgan muzdek bog‘lam qo‘yiladi. Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatayotgan paytda yallig‘lanmasligi uchun terining kuygan joylariga qo‘l tekkizmaslik yoki har xil maz, moy, vazelin surtmaslik, kraxmal, ichimlik sodasi sepmaslik kerak. Og‘ir va keng ko‘lamdagi kuyishda, jabrlanuvchini toza gazlama yoki mato bilan o‘rash, yechintirmasdan issiqroq o‘rash, analgin yoki amidopirin tabletkasidan 1-2 ta berish, issiq choy ichirish va Shifokor kelgunga qadar osoyishtalikni saqlash kerak. Shokka tushishning birinchi belgilari paydo bo‘lganda jabrlanuvchi birdaniga oqarib ketsa, nafas olishi yuqorilashsa, tezlashsa, tomir urishining sezilishi kam bo‘lsa tezda unga 20 tomchi valeriana damlamasini ichirish kerak. Jarohatlanganda birinchi yordam. Jarohatlanganda yarani suv yoki dorivor moddalar bilan yuvish kukun sepish va mazlar surtish jarohatdan qumni va qotib qolgan qonni olib tashlash jarohatni izolyatsiya lentasi bilan bog‘lash mumkin emas. Jarohatni shaxsiy tibbiy paketdagi toza materiallar bilan yoki yod damlamasiga botirilgan toza to‘qilgan latta bilan berkitish kerak. Qon ketishini to‘xtatish uchun shaxsiy paketdagi bog‘lam materiallari bilan qon oqayotgan yarani yopish kerak, materialni qatlab tampon sifatida yaraga tegmasdan ustiga bosish kerak. Mabodo qon ketishi to‘xtamasa qo‘yilgan materialni olmay turib uning ustiga boshqa paketdan yostiqcha qo‘yish yoki paxta qo‘yib jarohatni bog‘lash kerak. Kuchli (arterial) qon ketishda, jarohat sohasini oziqlantiruvchi qon o‘tuvchi tomirni bo‘g‘imlar oxirini egish yo‘li bilan, hamda jgut barmoqlar bilan bosib turilishi zarur. Zudlik bilan shifokornini chaqirish lozim. Download 333.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling