Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov
Download 333.24 Kb.
|
BMB-UZ-54
6.8.5 Qon ketishiga yordam
Qon ketishi tashqi (qon tashqariga quyiladi) yoki ichki (qon bosh suyagi, ko‘krak, qorin sohasining ichki bo‘shliqlariga quyiladi) bo‘lishi mumkin. Shikastlangan tomirlarning turiga qarab arterial, vena va kapillyar qon ketishlar ajraladi. Tashqi qon ketish turli yo‘llar bilan to‘xtatiladi. Yengil (vena va arterial) qon ketishi va yarani mahkam qilib bog‘lash va tananing qonayotgan qismini yuqoriga ko‘tarish kerak. Bog‘lam quyidagicha qo‘llaniladi: yara atrofidagi teriga yod surtiladi, yaraga material (bir necha qatlamli steril doka, bint), paxta va mato qo‘yib bog‘lanadi. Agar qon ketish to‘xtamasa qo‘llaniladigan bog‘lam olinmasdan ustiga yana bir necha qatlamli doka va bir bo‘lak paxta qo‘yiladi va mahkam bog‘lanadi. Agar bog‘lam qo‘l uchlarida bo‘lsa, bint o‘ramlari pastdan yuqoriga qarab - barmoqlardan tanaga qarab o‘raladi. Shikastlangan tana a'zosi yuqoriga ko‘tariladi. Kuchli qon ketishini tezda to‘xtatish uchun qon ketayotgan tomirni barmoqlar bilan jarohat yuqorisidagi suyakka bosish kerak. Yaralangan a'zodan kuchli qon ketishida tanaga jgut qo‘yib tortish kerak. Jgut sifatida har qanday elastik cho‘ziladigan mato, rezina naycha va boshqalar ishlatilishi mumkin. Jgut yara yuqorisidan (tanaga yaqinroq) qon oqayotgan tomir sohasidagi suyak ustidan bosib, kiyim yoki biron bir yumshoq bog‘lam (bir necha qatlam qilib bint, doka yoki ro‘molcha) ustidan og‘riqni kamaytirish va teri qisilishini oldini oladigan qilin qo‘yiladi. Jgutni ikki qo‘l bilan cho‘zib, oyoq-qo‘llarga 2-3 o‘ram qilib va jgut o‘ramlari orasida terining ochiq joylari qolmaydigan qilib bog‘lanadi. Jgut qon ketish to‘xtaguncha bog‘lanib turadi. Agar jgut to‘g‘ri qo‘llanilsa, uning qo‘llash joyidan tananing pastki qismida tomir urishi aniqlanmaydi, oyoq-qo‘l oqarib ketadi. Biroq, jgutni haddan tashqari siqmaslik kerak, chunki u mushaklarga zarar etkazishi, nerv tomirlarini siqish va oyoq-qo‘llarning falajlanishiga olib kelishi mumkin. Agar cho‘ziladigan material bo‘lmasa oyoq-qo‘lni cho‘zilmaydigan materiallar (galstuk, kamar, sharf yoki sochiq va boshqalar) bilan bog‘lash mumkin. Bog‘lam qilinadigan material ko‘tarilgan oyoq-qo‘lning atrofiga o‘raladi tugun qilib bog‘lanadi. Ushbu tugunning ichiga yoki ostiga tayoq shaklidagi narsa o‘tkazilib qon ketishi to‘xtaguncha buraladi. Kerakli darajada buralishdan so‘ng tayoq o‘z-o‘zidan bo‘shab ketmaydigan qilib (qo‘shimcha halqa bilan mahkamlanadi yoki bog‘lanadi) mahkamlanadi. Issiq mavsumda jgut yoki bog‘lam 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sovuq mavsumda esa bir soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga qo‘llaniladi. Jgutni uzoq vaqt qo‘llash bilan qonsiz a'zolar to‘qimalarining nobud bo‘lish xavfi mavjud. Shuning uchun vaqtni nazorat qilish uchun jgut yoki bog‘lam ostiga qo‘llashning aniq vaqtini ko‘rsatadigan yozuv qo‘yish yoki kiyim yoniga yopishtirish kerak. Bir soatdan so‘ng, agar jgutni (bog‘lamni) uzoqroq qoldirish zarurati bo‘lsa, barmoq bilan tomir qon ketish joyining yuqorisidan bosib oyoq-qo‘lga bir oz qon o‘tishi uchun10-15 daqiqa davomida jgutni olib tashlash kerak va keyin oldingi joyining yuqori yoki pastidan qayta bog‘lash kerak. Jgut bog‘langan jabrlanuvchini imkon qadar tezroq tibbiy muassasaga olib borish kerak. Hayot uchun juda xavfli bo‘lgan ichki qon ketishi bilan qon ichki bo‘shliqlarga quyiladi va qon ketishini to‘xtatish deyarli imkonsiz. Bu jabrlanuvchining ko‘rinishi orqali seziladi: oqarib ketadi, terida yopishqoq ter paydo bo‘ladi; tez-tez nafas oladi, yurak urishi tezlashadi, holsizlanadi. Jabrlanuvchini yotqizish yoki yarim o‘tirgan holatida to‘liq tinchlanishini ta'minlash, taxminiy qon ketish joyiga "sovuq" (muz paketi, sovuq suv) qo‘llash va tezda shifokorni chaqirish kerak. Qorin bo‘shlig‘i sohasining shikastlanganiga shubha bo‘lsa, jabrlanuvchi suv ichishiga ruxsat bermaslik kerak. Download 333.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling