Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov
Ko‘zga biror jism tushganda birinchi yordam
Download 333.24 Kb.
|
BMB-UZ-54
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.8.9 Zararli moddalardan zaharlanganda va shikastlanganda birinchi tibbiy yordam
6.8.8 Ko‘zga biror jism tushganda birinchi yordam.
Ko‘zga yot narsalar tushgan hollarda uni qo‘l bilan, gugurt cho‘pi, iflos ro‘molcha bilan olib tashlashga ruxsat etilmaydi. Hamda narsa tushgan ko‘zni ishqalash mumkin emas. Agar mayda yot jism kiprik qoqganda chiqmasa ko‘zni borniy kislota (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) eritmasi yoki toza qaynatilgan suv bilan yuvish zarur. Avval ko‘z atrofidagi teri yuviladi so‘ngra qovoqni tortib ko‘zning ichki burchagiga eritma tomiziladi, bu holda jabrlanuvchi yotmasligi kerak. Agar yot jismni shu usul bilan chiqarishning iloji bo‘lmasa shifokorga murojaat etish kerak. 6.8.9 Zararli moddalardan zaharlanganda va shikastlanganda birinchi tibbiy yordam Zaharlanish va boshqa jarohatlanganda darhol jabrlanuvchiga shifokor kelguncha birinchi yordam ko‘rsatish kerak: Muhim tadbirlar: - jabrlanuvchini zaharlanish sodir bo‘lgan xonadan zudlik bilan olib chiqish, tez yordam - 103 yoki 26-30, HGQO - 104 yoki 26-31, korxona dispetcheri 22-24 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berish. Tez yordam, HGQOni kutib olishni tashkil qilish. Ular kelguncha sexda mavjud bo‘lgan tibbiy vositalar bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, buning uchun: zaharli moddalan bilan to‘yingan kiyimni echish, yoqani, kamarni va nafas olishni cheklaydigan va qiyinlashtiradigan boshqa narsalarni bo‘shatish; tananing ta'sirlangan joylarini iliq suv yoki gazsizlantiruvchi vositalar bilan yuvish; jabrlanuvchini sovqotishdan saqlash (ustini yopish, oyoqlari ostiga isitish yostiqchalari va iliq suvli idishlarini qo‘yish), tananing issiqlikdan kuyishini oldini olish; jabrlanuvchi dam olishini ta'minlash; bezovta bo‘lganda tinchlantiruvchi vositalar berish. Zaharlanish paytidan boshlab 6 dan 24 soatgacha eng xavfli davr hisoblanadi, shuning uchun tibbiy xodimlar tomonidan darhol birinchi yordam ko‘rsatishning iloji bo‘lmasa, yoqimsiz hislar: yo‘tal, nafas qisilishi, qusish, ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni bartaraf qilish kerak. - og‘iz va bo‘g‘izning yengil qichishishi (qichish, tomoqdagi tirnalish, ovozning bo‘g‘ilishi va boshqalar), yo‘tal, bo‘g‘ilish - 1-2% natriy gidrokarbonat eritmasini (oziq-ovqat sodasi) iliq suvda ingalyatsiyalash; - kuchli yo‘tal bo‘lganda jabrlanuvchiga sodali (bir stakan iliq sut uchun 1 choy qoshiq) iliq sutni kichik qultumlarda ichirish; - ovoz chiqarish yo‘li siqilganda kislorod bilan nafas olish va iliq ingalyatsiya qabul qilish; - yurak-qon tomir yetishmovchiligida (zaif puls, nafas qisilishi) yurak sohasini kaftlar bilan bir maromda qarsak urib-urib qo‘ymoq, yurakni davolash vositalarini qo‘llash; - tirnash xususiyati beruvchi moddalar bilan zaharlanganda sun'iy nafas olish tavsiya etilmaydi; - teri tashqi tomondan kimyoviy kuysa zararlangan joyni ko‘p miqdorda suv bilan yuvish kerak. Kislotalar bilan zararlanganda natriy gidrokarbonat eritmasi bilan zararsizlantiriladi, ishqorlar bilan kuyganda esa kislotaning (sirka, limon, borat) kuchsiz eritmalari qo‘llaniladi; - ko‘zning shox pardasi kislota bilan shikastlanganda ko‘p miqdorda kuchsiz soda eritmasi bilan yuvish tavsiya etiladi. Agar zaharlanish zararli moddalarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, bu moddani oshqozondan qustiruvchi va ichni bo‘shashtiruvchi vositalar bilan chiqarib tashlashga harakat qilish kerak, oshqozonni yuvish kerak. Download 333.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling