Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov


Download 333.24 Kb.
bet25/27
Sana18.06.2023
Hajmi333.24 Kb.
#1586228
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
BMB-UZ-54

7 JAVOBGARLIK


7.1 Chilangar-ta'mirlovchi quyidagi holatlarda javobgarlikka tortiladi:
- ushbu yo‘riqnomaning talablarini bajarmaganda;
- buyruq va farmoyishlarni bajarmaganda;
- uning aybi bilan uskuna ishdan chiqqanda;
- uning aybi bilan buzilishlar va avariyalar sodir bo‘lganda;
- xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaganda;
- mehnat va ishlab chiqarish intizomini buzganda;
- ish joyi ifloslanishiga yo‘l qo‘yganda;
- moddiy boyliklarni o‘g‘irlaganda;
- ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilmaganda.
Mazkur yo‘riqnomada nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun chilangar-ta'mirlovchi huquqbuzarlikning darajasi, xususiyati va ularning oqibatlariga qarab O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ma’muriy, intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
7.2 Chilangar-ta'mirlovchining UBT-Q sohasidagi majburiyatlar:
- o‘z faoliyatini UBT sohasidagi strategiya va siyosatga muvofiqligini ta’minlash;
- belgilangan vazifalar doirasida aniqlangan nomuvofiqliklarning sabablarini bartaraf etish uchun zarur tuzatish ishlarini bajarishda ishtirok etish;
- o‘z ish joyidagi faoliyati natijasida xatarlarni va ularni boshqaruv choralarini bilish;
- ish joyidagi sog‘liqqa ta’sir qiluvchi barcha xavf va xatarlarni bilish;
- ish joyidagi ekologik jihatlarini bilish;
- belgilangan vazifalar doirasida energiya xususiyatlarini yaxshilashda ishtirok etish.
7.3 Sanoat xavfsizligi sohasidagi majburiyatlari:
- sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek me'yoriy-texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish;
- sanoat xavfsizligi sohasida o‘qitish va attestatsiyadan o‘tish; xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya yoki noxush hodisa to‘g‘risida darhol tegishli shaxslarga xabar berish;
- xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa sodir bo‘lgan taqdirda ishni belgilangan tartibda to‘xtatib turish;
- belgilangan tartibda xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya oqibatlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etish bo‘yicha ishlarda ishtirok etish.

Download 333.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling