Tasdiqlayman” Obodonlashtirish boshqarmasi boshligi Sh. B. Ruziyev
Download 57.01 Kb.
|
Vazifalar taqsimoti (2)
BOSH MUHANDIS – Tuman hokimi bilan kelishilgan holda boshliq tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
SHuningdek: - Bosh muhandis “Infratuzilma ob’ektlari va avtotransportlardan foydalanish” bo‘limi, favvoralardan foydalanish, Drenaj xo‘jaligidan foydalanish, Obodonlashtirish avtotransport vositalardan foydalanish, yo‘l ko‘prik xo‘jaligini saqlash, tashqi yoritish tizimidan foydalanish uchastkalariga bevosita rahbarlik qilish; - Yo‘l ko‘prik xo‘jaligini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash, drenaj xo‘jaligini, (sun’iy havzalar, er osti va yomg‘ir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari, vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kallektorlar) va favvoralarni saqlash, mukammal, joriy ta’mirlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish; - Elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnikalarni joriy etgan holda yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy ta’mirlash, ulardan foydalanish; - Obodonlashtirish ob’ektlarinig texnik holatini ko‘zdan kechirish va baholash, ularning natijalari bo‘yicha kamchiliklar dalolatnomalarini tuzish hamda mukammal va joriy ta’mirlashning manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish bo‘yicha takliflar kiritish; - Obodonlashtirish ob’ektlarining muddatidan oldin eskirishi va buzilishining oldini olish hamda ularni ish holatida saqlash bo‘yicha proflaktika tadbirlarini amalga oshirish; - Bayramlarga madaniy va siyosiy tadbirlarga, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalarning kelishiga tayyorlash davrida shahar ko‘chalarini, maydonlarni bezatish, tashqi yoritish elektr tarmoqlarini, uskunalar va inshoatlarni ishlashini va saqlanishini nazorat qilish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish; - Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida zamonoviy texnologiyalarni, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish, avtotransport vositalarining texnik holatini ko‘zdan kechirish va kamchiliklar dalolatnomalarini tuzish, barcha ishlar bo‘yicha obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga o‘z vaqtida hisobot berish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarini, rahbariyat tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling