Tasdiqlayman” Obodonlashtirish boshqarmasi boshligi Sh. B. Ruziyev
Download 57.01 Kb.
|
Vazifalar taqsimoti (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO‘KALAMZORLASHTIRUVCHILAR
MUXANDIS – SHahar xududidagi ko‘chalar, skverlar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa ko‘kalamzor zonalarni barcha irrigatsiya tarmoqlari va quvurlarini sug‘orish sistemalarini soz-nosozligini tekshirish nazorat qilish ta’mirlash va zarur uskunalar bilan ta’minlash yuzasidan boshqarma raxbariyatiga ma’lumotlar berib borish, shahar xududidagi ko‘chalar, xiyobonlar va maydonlar atrofidagi irrigatsiya tarmoqlarini zamonaviy usulda o‘tkazish buyicha yangi tartiblarni ishlab chikish yomg‘ir suvlarining to‘planib qolmasigini oldini olish irigatsiya tarmoqlari quvurlarni toza saqlanishini va buzilgan joylarni ta’mirlash buzilishini oldini olish, ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirish xamda barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha obodonlashtirish boshqarmasi raxbariyatiga o‘z vaqtida xisobot berib borish vazifalarini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shaxar xokimi qaror va farmoishlarini raxbariyat tomonidan berilgan buyruk va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi.
KO‘KALAMZORLASHTIRUVCHILAR O‘ziga berkitilgan shahar xududininig ko‘kalamzorlashtiriladigan xududlarini aniqlash, ularga xos bo‘lgan ko‘chatlarni tanlash va ekishni tashkil qilish, ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha joriy va uzoq muddatli rejalarni tuzish va bu xaqida agranomga o‘z fikrini bildirish, ularning sug‘orish bilan bog‘lik bo‘lgan muammolari xaqida o‘z vaqtida bo‘lim boshlig‘iga xisobot berish, shahar xududidagi ko‘chalar, xiyobonlar va maydonlarni zamonaviy usulda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha yangi tartiblarni ishlab chiqish. O‘ziga berkitilgan xududdagi sug‘orish bilan bog‘lik bo‘lgan muammolari xaqida o‘z vaqtida ko‘kalamzorlashtiruvchilar brigadiriga xabar berish, ishga o‘z vaqtida kelish va o‘z vaqtida ketish, tashkilotning ichki tartib qoidalariga asosan qonuniy berilgan topshiriqlarni bajaradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. IRRIGATOR – irrigatorlar o‘ziga briktirilgan xududlardan o‘tkazilgan irrigatssiya tarmoqlarining soz-nosozligini doimiy ravishda tekshirib borish va irrigatorlar brigadiriga bu xakida doimiy xisobot berib borish, irrigatsiya tarmoqlarini tozaligini saqlash, irrigatsiya tarmoqlaridagi muammolar xaqida irrigatorlar brigadiriga o‘z vaqtida xabar berish, ishga o‘z vaqtida kelish va o‘z vaqtida ketish, tashkilotntng ichki tartib qoidalariga asosan konuniy berilgan topshiriqlarni bajaradi va ichki mexnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling