Tasdiqlayman” Obodonlashtirish boshqarmasi boshligi Sh. B. Ruziyev
TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA MUHANDIS -
Download 57.01 Kb.
|
Vazifalar taqsimoti (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XO‘JALIK MUDIRI
TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA MUHANDIS - injiner-texnik ishlarni tashkil qilish, ishchi-xodimlar mehnat xavfsizligini nazorat qilish, mashina mexanizmlarining texnik holati, ulardan foydalanish, yonilg‘i moylash materiallari saqlanishini, texnika xavfsizligiga rioya etish bo‘yicha ko‘rsatma plakatlarni ish joylarida bo‘lishini ta’minlash, ishga kirish vaqtida va ish jarayonida belgilangan muddatlarda instruktaj o‘tkazadi.
SHuningdek: - Texnika xavfsizligi jurnallarini yuritish, ish tartibiga qarab ularni zarur ish qurollari va ish kiyimlari bilan ta’minlanganligini nazorat qilish, texnika xavfsizligi bo‘yicha seminarlar o‘tkazish, barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga o‘z vaqtida hisobot berib borish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarini, rahbariyat tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. G‘AZNACHI – Kassa intizomiga rioya qilib bankdan olib kelingan pul mablag‘larini belgilangan me’yoriy hujjatlarga asosan saqlash, kassa kirim chiqimlarini o‘z vaqtida aks ettirish, kassa kitobini amaldagi qoidalar asosida yuritish, oylik maoshini o‘z vaqtida tarqatish, rasmiylashtirish kassa hisobotlarini tayyorlash va topshirish hamda barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga va bosh hisobchisiga o‘z vaqtida hisobot beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarini, rahbariyat tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. XO‘JALIK MUDIRI – Obodonlashtirish boshqarmasi omborxonasida mavjud bo‘lgan moddiy boyliklar, mol-mulk, asosiy vositalarni sanoqdan o‘tkazish, kirim-chiqim hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, hisobotlarni tayyorlash va topshirish hamda sanoqdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish, tavar moddiy boyliklar kamomadi va o‘g‘irlanishi bo‘yicha materiallarni rasmiylashtiradi, ichki xo‘jalik zaxiralarini aniqlashtiradi. Barcha o‘ziga tegishli ishlar bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga o‘z vaqtida hisobot berib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va shahar hokimining qaror va farmoyishlarini, rahbariyat tomonidan berilgan buyruq va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradi va ichki mehnat tartib qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Download 57.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling