«Tasdiqlayman» O'ibdo' viloyati tumani


Download 0.93 Mb.
bet2/5
Sana19.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1033155
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sintaksis haqida

O‘quvchilar: – Tovushlar bilan.
O‘qituvchi: – Barakalla. Demak, birinchi qatordagi harflar tizimidan 1-guruh mustaqil so‘z turkumlariga, 2-guruh 2-qatordagi tovushlar tizimidan Yordamchi so‘z turkumlariga, 3-guruh esa 3-qatordagi harflar tizimidan alohida olingan so‘zlarga doir so‘zlar tuzadi. 4-guruh mana bu konvert ichida aralash berilgan nutq uslublarining qaysi uslubga xos ekanligini aniqlaydi. 5-guruh xuddi shunday konvertda aralash berilgan insho turlarining, qaysi insho turiga mos ekanligini belgilaydi.
O‘quvchilar bu vazifani juda tez bajaradilar va guruhlar o‘zlari bajargan ishlarning taqdimotini o‘tkazishadi. Ya’ni:
1-guruh: – Biz ko‘rgazmada mustaqil so‘zlar uchun berilgan harflar tizimidan quyidagi so‘zlarni yasadik: Vatan, ona, ko‘z, muqaddas, buyuk, erta, kecha rivojlanmoqda, bordi, minglarcha, birinchi, qiziqarli, ardoqla, men, siz, o‘sha.
2-, 3-guruhlar ham xuddi shunday taqdimot o‘tkazadi.
4-, 5-guruhlar esa konvertda berilgan savollarni tahlil qiladi.
Masalan, 4-guruh: Bizga aralash berilgan nutq uslublaridan quyidagilarni aniqladik: – Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi. Bu gap badiiy uslubga xos.
Tobe so‘zning hokim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi. . Bu gap ilmiy uslubga xos.
Sizga shuni ma’lum qilamizki, bugundan sinfimiz a’lo oqishga va jamoat ishlarida faol qatnashishiga va’da berasdi. . Bu gap rasmiy – idoraviy uslub. (Shu tariqa uyga vazifani so‘rab baholashga 6 daqiqa ajratiladi va uy vazifasi mustahkamlanadi).
II. Ma’naviyat daqiqasi.
O‘quvchilarga uy fazifasini bajarishdagi tuzgan so‘zlari asosida “Ardog‘imdasan Vatan!” mavzusidagi 4-5 gapdan iborat matn tuzish topshirig‘i beriladi. Guruhlar ishga kirishadilar. Tayyor bo‘lgach, taqdimotni boshlashadi. Masalan:
1-guruh: – Biz Ardog‘imdasan Vatan!” mavzusidagi matnni she’riy usulda ifodaladik:
Sening quchog‘ingda tug‘ildim, Vatan,
Ko‘zim qarog‘isan, muqaddas Vatan.
Ardoqlayman seni toki tirikman,
G‘ururim, shuhratim, shavkatim, Vatan!
Qolgan guruhlar ham o‘z matnlarini o‘qib berishadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling