«Tasdiqlayman» O'ibdo' viloyati tumani


Download 0.93 Mb.
bet3/5
Sana19.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1033155
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sintaksis haqida

O‘qituvchi: – Ha, biz har bir darsimizda ma’naviy boyligimizni oshirib borishga harakat qilyapmiz, nima uchun?
O‘quvchilar: – chunki bizning ma’naviyatimiz qanchalik boy bo‘lsa, ongimizda ma’naviy bo‘shliq paydo bovlmaydi va bizyengilmas, hammadan kuchli bo‘lamiz. Yurtboshimiz Islom Karimov aynan shuni nazarda tutib: “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” deb aytganlar. (Bu jarayonga 8 daqiqa vaqt ajratildi.)
III. Yangi mavzu quyidagicha bayon qilinadi.
O‘qituvchi: – Bilasizki, til – bu ijtimoiy hodisa. Biz o‘z fikrlarimizni va ko‘nglimizda kechgan his-tuyg‘ularni hamda voqea-hodisalarni tilimiz orqali bayon qilamiz. Til turli biriklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri muhim vazifa bajaradi. Tahlil qilganda til biriklari ajratildi, aniqlanadi va izohlanadi.




Darslik bilan ishlash.

O‘qituvchi: – Hozirgacha guruhlarni1-, 2-, 3-, 4-, 5-guruhlar deb atadik. Endi esa darligimizda berilgan topshiriqlarni bajarishdan oldin guruhlarga nom beramiz. Har bir guruh o‘z nomini ko‘rsatkich qog‘ozga yozib stol ustiga qo‘ysin. Ya’ni 1-guruhning nomi “Gap”, 2-guruhning nomi “So‘z birikmasi”, 3-guruhning nomi “So‘z”, 4-guruhning nomi “Tovush”, 5-guruhning nomi “Qo‘shimcha”.
Darsligimizda bugungi mavzuni yanada chuqurroq tushunib olishimiz uchun 5ta topshiriq berilgan. Topshiriqlarni mustaqil bajarasiz.
Buning uchun “Gap” guruhi 1-topshiriqni, “So‘z birikmasi” guruhi 2-topshiriqni, “So‘z” guruhi 3-topshiriqni, “Tovush” guruhi 4-topshiriqni, “Qo‘shimcha” guruhi 5-topshiriqni bajaradi. O‘quvchilar bajarib bo‘lishgach, topshiriqlarni qanday bajarganliklarini izohlaydilar.
Namuna: “Gap” guruhi: – Biz matnni o‘qib chiqib, gaplar soni 4ta ekanligini aniqladik.
O‘qituvchi: – Buni nimaga asoslanib aniqladingiz?
O‘quvchi: – Chunki matnda ma’lum bir ohang aytilgan to‘rtta tugal fikr ifodalangan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling