Tasdiqlayman” Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ta’lim standartlari va normativ ta’minoti departamenti boshlig‘i


Download 32.11 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi32.11 Kb.
#1008942
Bog'liq
TDAU AL Yo\'l xarita 09.11.2022


Tasdiqlayman”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ta’lim standartlari va normativ ta’minoti departamenti boshlig‘i
___________S.S.Niyazbekov
____”__________2022-yil

Tasdiqlayman”
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Toshkent viloyati bo‘limi boshlig‘i
___________V.E.Xatamov
____”__________2022-yil

Tasdiqlayman”
Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor
___________S.Ya.Islamov
____”__________2022-yil

Ta’lim muassasalarining 2021-yil uchun Milliy reytingi” yuzasidan


Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan
CHORA-TADBIRLAR REJASI



Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Bajarish uchun mas’ullar

1

TDAU akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv tarbiyaviy muhitni yanada takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etiladigan tadbirlar, tanlovlar, to‘garaklarga litsey o‘quvchilari ishtirokini ta’minlash, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish

Doimiy

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov, direktor o‘rinbosarlari

2

TDAU akademik litseyi faoliyatini takomillashtirish uchun ilg‘or xorijiy mamlakatlar malakali ekspertlarini jalb qilish

Akademik litsey faoliyatini takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy mamlakatlarning soxaga oid ta’lim muassasalarining malakali ekspertlarini aniqlash, ular bilan muzokaralar olib borish hamda mustahkam aloqalar o‘rnatish

O‘quv yili davomida

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov

3

TDAU akademik litseyida o‘quvchilarni kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirishlari uchun dars mashg‘ulotlariga malakali pedagoglarni jalb qilish va zaruriy sharoitlar yaratish

  1. Akademik litseyda dars mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun tegishli tillar kesimida Toshkent davlat agrar universitetining Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibidan yuqori malakali pedagoglar ro‘yxatini shakllantirish.

  2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida ularning mashg‘ulotlar o‘tish reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

  3. Akademik litsey o‘quvchilariga xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlariga zaruriy sharoitlar yaratish.

  4. Professor-o‘qituvchilar tomonidan akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun xorijiy tilni o‘rgatish va o‘rganishda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan treninglarni tashkil qilish.

O‘quv yili davomida

TDAU Xorijiy tillar kafedrasi mudiri U.Abdullayeva, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov, O‘IBDO‘ M.Xasanjanova, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Alimova, xorijiy tillar fan o‘qituvchilari

4

TDAU akademik litseyida Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari, shu jumladan rahbar xodimlarini belgilangan tartibda litseyning dars mashg‘ulotlariga hamda o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatishga jalb qilish, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish.

  1. Akademik litseyda “Rektor soati”, “Professor soati”, Oliy ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoki yetishib chiqqan taniqli olim, mutaxassislar, fan, san’at arboblari, sportchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish.

  2. Akademik litseyning o‘quv rejasidagi unifikatsiya qilingan fanlarni o‘qitish uchun Toshkent davlat agrar universitetining tegishli yo‘nalishdagi kafedralar professor-o‘qituvchilarini jalb qilish.

  3. Tasdiqlangan dars jadvaliga asosan professor- o‘qituvchilarni dars mashg‘ulotlari o‘tishga jalb etish.

  4. TDAU professor-o‘qituvchilari va akademik litsey o‘qituvchilari hamkorligida akademik litseylar uchun metodik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish

O‘quv yili davomida

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov,
O‘IBDO‘ M.Xasanjanova

5

Akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo‘yicha tashkil etiladigan test sinovlarida talabgor o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlash va test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish.

  1. Akademik litseyning ikkinchi bosqich o‘quvchilari orasidan chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo‘yicha tashkil etiladigan test sinovlarida qatnashish istagini bildirgan talabgor o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish.

  2. O‘quvchilar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining maxsus elektron platformasiga kiritilishini ta’minlash.

  3. Test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xorijiy tillar bo‘yicha fan to‘garaklari faoliyatini yanada jonlantirish.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda test sinovlarini tashkil etish va o‘quvchilar ishtirokini ta’minlash.

DTM tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan

Akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov,
O‘IBDO‘ M.Xasanjanova, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Alimova, kafedra mudirlari

6

TDAU akademik litseyida alohida yutuqlarga erishgan pedagog va xodimlarga ustamalar hamda moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash va to‘lash.

Akademik litsey o‘qituvchilarini rag‘batlantirishning tartibini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh shakllantirish.
Ishchi guruh vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

  • o‘qituvchilarni rag‘batlantirishning mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • tasdiqlangan tartib mezonlari asosida alohida yutuqlarga erishgan pedagog va xodimlarga ustamalar belgilash.

2023-yil yanvar-fevral

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov, direktor o‘rinbosarlari

7

TDAU akademik litseyi infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.

  1. Akademik litseyning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga mablag‘ ajratish.

  2. Yangi zamonaviy kompyuterlar, elektron doskalar, multimedia qurilmalari va boshqa zaruriy inventarlar bilan jihozlash.

  3. Akademik litseyning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash.

  4. Akademik litsey hududini obodonlashtirish.

2023-yil yanvar-avgust

Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor A.Abduvasiqov,
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov

8

TDAU akademik litseyi o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish.

  1. Akademik litseyda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari va akademik litsey o‘qituvchilari hamkorligida akademik litsey o‘quvchilarining mustaqil ta’limini tashkil qilish mavzusida seminar-treninglar tashkil qilish.

  2. Akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilarini TDAU Axborot-resurs markazi hamda elektron kutubxonasidan erkin foydalanishlarini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil noyabrdan boshlab

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Atabayev, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov, O‘IBDO‘ M.Xasanjanova, kafedra mudirlari

9

TDAU akademik litseyi o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik salohiyatini oshirish. Ilmiy darajali, chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglar ulushini oshirish.

  1. Akademik litsey o‘qituvchilari uchun o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quvlar, seminarlarni tashkil qilish.

  2. Akademik litsey o‘qituvchilarini ilmiy faoliyatini faollashtirish, ularni o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarga jalb qilish.

  3. Chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish yuzasidan o‘tkaziladigan imtihon va test sinovlarida fan o‘qituvchilarining ishtirokini ta’minlash.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy

Akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov,
O‘IBDO‘ M.Xasanjanova, kafedra mudirlari

10

TDAU akademik litseyiga umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilarini jalb qilish.

  1. Akademik litseyda ta’lim olish imkoniyatlari, yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida umumta’lim maktablarining o‘quvchilari, ota-onalar, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borish.

  2. Maktab o‘quvchilari uchun akademik litseyda “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil qilish.

  3. Akademik litseyga iqtidorli o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida umumta’lim maktablari 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shaffof tarzda TDAU va akademik litsey tomonidan fan olimpiadalari va turli tanlovlar o‘tkazish.

Doimiy

Akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov,
O‘IBDO‘ M.Xasanjanova, kafedra mudirlari

11

TDAU akademik litseyi o‘quvchilari va o‘qituvchilarining ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar, sport-sog‘lomlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, takomillashtirish.

  1. Akademik litseyning sport infratuzilmasini yaxshilash.

  2. Akademik litseyni qo‘shimcha sport anjomlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

  3. O‘quvchilarni sport to‘garaklariga jalb qilish.

  4. O‘quvchilarni xalqaro, respublika darajasidagi sport musobaqalarida ishtirokini kengaytirish.

Doimiy

Akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov,
O‘IBDO‘ M.Xasanjanova, Jismoniy tarbiya rahbari, kafedra mudirlari

12

TDAU akademik litseyi va Respublikadagi akademik litseylar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, turdosh xorijiy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

  1. Akademik litseyda Respublika va xorijiy ta’lim muassasalari akademik litseylari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

  2. Akademik litsey o‘qituvchilarini Toshkent davlat agrar universitetining xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalariga stajirovkaga yuborish.

O‘quv yili davomida

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Xasanov,
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov

13

TDAU akademik litseyi o‘quvchilarini fan olimpiadalari, respublika va xalqaro olimpiadalar, tanlovlarda ishtirokini kuchaytirish va iqtidorli o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash.

  1. Akademik litsey o‘quvchilarini fan olimpiadalari, respublika va xalqaro olimpiadalar, tanlovlarga tayyorlash ishlariga e’tibor qaratish, iqtidorli o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga yetarli shart-sharoitlar yaratish.

  2. Mintaqaviy, respublika va xalqaro olimpiadalar, tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni va ularning o‘qituvchilarini tizimli ravishda rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish.

O‘quv yili davomida

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov, O‘IBDO‘ M.Xasanjanova, kafedra mudirlari, fan o‘qituvchilari

14

TDAU akademik litseyi bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish.

  1. O‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish, akademik litseyda fan to‘garaklari faoliyatini takomillashtirish.

  2. Akademik litsey o‘quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga tizimli ravishda tashriflarini tashkil qilish, mahalliy OTMlar, xorijiy OTMlarning filiallari to‘g‘risida keng ma’lumotlar taqdim etib borish.

O‘quv yili davomida

Akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov,
O‘IBDO‘ M.Xasanjanova, kafedra mudirlari

15

Xorijiy pedagoglar, jumladan, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 likka kirgan OTMlarni tugatgan mahalliy pedagoglar ulushini oshirish.

  1. Xorijiy pedagoglar, jumladan, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida TOP-1000 likka kirgan OTMlarni tugatgan mahalliy pedagoglarni ta’lim jarayoniga jalb etish.

  2. TOP-1000 lik ro‘yxatga kirgan OTMlarda akademik litsey pedagoglarining malaka oshirish, stajirovka o‘tash va magistratura bosqichida o‘qishlarini tashkil etish.

O‘quv yili davomida

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Xasanov,
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov

16

TDAU akademik litseyida umumta’lim maktablari o‘quvchilarini akademik litseyga o‘qishga kirishga tayyorlash, kompyuter savodxonligini oshirish, o‘zini o‘zi band qilish(frilansing)ni o‘rgatish bo‘yicha pullik ta’lim xizmatlarini, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish.

1. Akademik litseyda tashkil etiladigan pullik ta’lim xizmatlari, to‘garaklar, yozgi va qishki maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

O‘quv yili davomida

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – akademik litsey direktori U.I.Djumaniyazov, akademik litsey ijrochi direktori S.Kaxramonov

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor –


akademik litsey direktori: U.I.Djumaniyazov

Akademik litsey ijrochi direktori: S.K.Kaxramonov
Download 32.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling