Elektromagnit induksiya qonuni.
Yangi o’quv materiali bayoni:
(2.4-ilova)
Nazariy darsning asosi bayon qilinadi.
Magnit maydon.
Agar qo‘zg‘almas zaryadlangan zarracha (zaryadlangan jism) elektr maydonni hosil qilsa, harakatdagi zaryadlangan zarrachalar (zaryadlar oqimi) magnit maydonni hosil qiladi.
O‘z navbatida, magnit maydon esa elektr toki hosil qiladi. Zaryadlangan zarrachalaming tartibli oqimi elektr toki deb ataladi.
Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan omillarga asoslanib magnit maydon va elektr toki bir-biridan ajralmas kattalik ekanligini tasdiqlash mumkin. Magnit maydon yo‘nalishi va kattaligi shu maydonni hosil qiluvchi tokning yo‘nalishi va kattaligiga bog‘liq. Magnit maydonni xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biri magnit induksiyadir.
Uni aniqlash uchun shu maydonga tokli o‘kazgich kiritamiz. Magnit maydonga kiritilgan tokli o‘tkazgichga ta’sir qiluvchi mexanik kuch, shu o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok, o‘tazgichning magnit maydonga kiritilgan qismining uzunligi va magnit maydonning induksiyasiga proporsionaldir:
Elektromagnit.
G‘altak simning (solenoid) ichida temir tayoqcha o‘rnatilgan bo‘lsa, bu
elektromagnit deb ataladi.
G‘altakning ichida temir tayoqcha bolishi uning magnit maydonini kuchaytiradi. Bu kuchaytirish temiring yuqori darajada magnit singishi bilan bog‘liq. G‘altak (solenoid) ichiga joylashtirilgan elektrotexnik po‘lat tayoqcha o‘zak deb, g‘altak ichidagi sim o‘ramlar uning cho‘lg‘ami (obmotkasi) deyiladi. Elektromagnit o‘zakga, asosan, mis simlar bir necha qavat o‘raladi. Bu g‘altak o‘ramida tokning yo‘nalishi o‘zgarishi bilan magnit oqimining yo‘nalishlari o‘zgarishi aniq
Yangi o’quv materialini mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |