3. Mavzuni asoslash
Har bir shifokor damlama, qaynatma, emulsiya, dorivor yig’malar, tomchilab dozalanadigan eritmalar, suyuq ekstraktlar, sirtga qo’llaniladigan eritmalar, dorivor ho`qnalar kabi dori turlariga to`gri resept yozib berishi kerak. Ular eritmalarning kattalar, bollalar va keksa bemorlar uchun terapevtik dozalarini hisoblay bilishlari kerak, bu esa umumiy amaliyot shifokori, barcha tor soha mutaxassislari va pediatrlar faoliyatida kerak bo’ladi.
4. Fanlar aro va fan ichidagi bog’liqlik
Bu mavzuni o`qitish, talabalarning kimyo va lotin tilini bilishlariga asoslanadi. Bu mashg’ulotlarda olingan bilimlar kelajakda barcha klinik fanlar, shu jumladan klinik farmakologiyani o’zlashtirishda zarur bo’ladi.
5. Nazorat uchun savollar
Damlamalar va qaynatmalar nimalardan tayyorlanadi?
Damlamalar va qaynatmalar bir-birlaridan qanday farq qiladi?
Qaysi o’simliklarning qismlardan damlamalar 1:300 nisbatda tayyorlanadi?
Qaysi o’simliklarning qismlardan damlamalar 1:30 nisbatda tayyorlanadi?
Damlamalar va qaynatmalar uchun resept necha usulda yoziladi?
Qanday dori shakli emulsiya deb ataladi?
Emulsiyalarning nechta turi mavjud?
Emulgator nima?
Qanday emulgatorlarni bilasiz?
Emulsiyalarga reseptlar nechta shaklda yoziladi?
Qanday dori moddalarning eritmalari ichishga tomchilarda o’lchab beriladi?
Dorilarning 1 terapevtik dozasi ichish uchun necha tomchi erituvchida eritiladi?
Tomchilarda taqsimlanadigan eritmalar necha marta qabul qilishga beriladi?
Tomchilarda taqsimlanadigan eritmalar uchun reseptlar necha usulda yoziladi?
Qanday dori shakli tindirmalar deb ataladi?
Tindirmalar uchun resept yozishni nechta usuli mavjud?
Qanday dori shakli ekstraktlar deb ataladi?
Suyuq ekstraktlar uchun resept qanday yoziladi?
Qanday dori shakli novogalen preparatlari deb ataladi?
Novogalen preparatlari uchun reseptlar qanday yoziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |