Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha prorektor prof., Sh. A. Boymuradov “ ” 2018 yil Kafedra: farmakologiya fan: farmakologiya damlamalar. Qaynatmalar. Emulsiyalar


Download 63.69 Kb.
bet5/14
Sana29.03.2023
Hajmi63.69 Kb.
#1306058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2.Damlamalar va qaynatmalar, emulsiyalar. Dorivor yig‘malar.Tomchilar holid

6. Mashg’ulot mazmuni:
6.1 Nazariy qismi
DAMLAMA va QAYNATMALAR (Infuza et Decocta)
Damlama bosh kelishik birlik sonda - Infusum, qaratqich kelishik birlik sonda – Infusi, qisq. – Inf..
Qaynatma bosh kelishik birlik sonda - Decoctum, qaratqich kelishik birlik sonda – Decocti, qisq. – Dec.
Damlama va qaynatmalar o’simlik xomashyosining qaynoq (100°C) suv bilan olingan ajratmalaridir. Ular ichish uchun hamda sirtga qo’llashga mo’ljallangan.
Damlamalar ko’pincha o’simliklarning nozik qismlaridan: bargi – folium, guli - flos, o’tidan - herba tayyorlanadi. Maydalangan dorivor xomashyo oldindan isitilgan infundirkaga solinib, ustiga qaynoq suv quyiladi va qaynoq suv hammomida 15 daqiqa ushlanadi. So’ngra xona haroratida sovutilgach filtrlanadi va distillangan suv bilan kerakli hajmga yetkaziladi.
Qaynatmalar odatda o’simliklarning dag’al qismlaridan: po’stlog’i - cortex, ildizi - radix, ildizpoyasidan – rhizoma damlama tayyorlashga o’xshash bajariladi, ammo farqi shundaki, qaynab turgan suv hammomida 30 daqiqa mobaynida aralashtirib turgan holda ushlanadi, so’ngra issiq holda filtrlanadi va distillangan suv bilan kerakli hajmga yetkaziladi. Istisno tariqasida, efir saqlovchi o’simliklarning dag’al qismlaridan damlama tayyorlanadi.

Dori shakli

O’simlik qismlari

Ajratuvchi eritma

Isitish vaqti

Sovutish vaqti

Qaysi holatda filtrlanadi

Damlama

Bargi, o’t qismi, gul yaproqlari

Distillangan suv

15 daq.

45 daq.

Sovuq holda

Qaynatma

Po’stlog’i, ildizi, ildizpoyasi

Distillangan suv

30 daq.

10 daq.

Issiq holda

Damlama va qaynatmalar tez buzilib qoladigan bo’lgani uchun ko’pi bilan 3-4 kunga yetadigan miqdorda dorixonada tayyorlanadi va sovutgichda saqlash tavsiya etiladi. Ular ko’pincha qoshiqlarda ichish uchun tavsiya etiladi.


Reseptda faqatgina qisqartirilgan shaklda yoziladi. Rp.: belgisidan keyin katta harfda, qaratqich kelishigi birlik sonda dori vositasining nomi (Infusi yoki Decocti), so’ngra qaratqich kelishigi birlikda yoki ko’plikda o’simlik qismininig nomi kichik harflarda, so’ngra o’simlikning nomi qaratqich kelishigida katta harflarda yoziladi, dori xomashyosining miqdori grammlarda, damlama yoki qaynatmaning miqdori ml da ko’rsatiladi:
Farmakopeyalarda damlama va qaynatmalarni tayyorlash uchun o’simlik xomashyosi va erituvchining (ko’pincha suv) quyidagi standart konsentrasiya qabul qilingan. Bunday hollarda resept yozishda konsentrasiyani hisoblash uchun og’irlik-hajm inobatga olinadi:

  • Kuchsiz ta’sir ko’rsatadigan o’simliklar uchun 1:10

  • Kuchli ta’sir ko’rsatadigan o’simliklar uchun 1:30

  • Zaharli ta’sir ko’rsatadigan o’simliklar uchun 1:300

Download 63.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling