Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha prorektor prof., Sh. A. Boymuradov “ ” 2018 yil Kafedra: farmakologiya fan: farmakologiya damlamalar. Qaynatmalar. Emulsiyalar


Download 63.69 Kb.
bet8/14
Sana29.03.2023
Hajmi63.69 Kb.
#1306058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2.Damlamalar va qaynatmalar, emulsiyalar. Dorivor yig‘malar.Tomchilar holid

Moyli emulsiyalar esa suyuq moylar – kanakunjut moyi (oleum Ricini), bodom moyi (oleum Amygdalarum), baliq moyi (oleum jecoris Aselli) va boshqalardan tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda agregat barqarorlikni ta’minlovchi maxsus emulgatorlardan (moyni juda mayda zarrachalarga parchalash uchun) foydalaniladi. Emulgator sifatida arab yelimi (Gummi Arabicum), tragakant yelimi (gummi Tragacanthae), jelatoza (Gelatosa), tovuq tuxumi sarig’i (vitellum ovi) ishlatiladi. Yaxshi emulsiya hosil qilish uchun 2 qism suyuq moyga, 1 qism emulgator va 17 qism suv (2:1:17) qo’shiladi.
Agar, reseptda yog’ miqdori ko’rsatilmasa emulsiya 1:10 nisbatda tayyorlanadi.
Ichishga mo’ljallangan emulsiyalar qoshiqlarda beriladi. Emulsiyalar turg’un bo’lmaganliklari uchun 12 marta qabul qilish uchun yoziladi.
Moyli emulsiyalar kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi.
Reseptga misol. Tarkibida 20 ml treska balig’i moyini saqlovchi 200 ml emulsiya yozib berilsin. Kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilish buyurilsin.
Qisqartirilgan shakl:
Rp.: Emulsi Olei jecoris Aselli 20 ml – 200 ml
D.S. kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilinsin.
Kengaytirilgan shakl:
Rp.: Olei jecoris Aselli 20 ml
Gelatosae 10,0
Aquae destillatae ad 200 ml
M.f. emulsum
D.S. kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilinsin.
Takrorlash uchun savollar:

              1. Damlamalar va qaynatmalar nimalardan tayyorlanadi?

  1. Damlamalar va qaynatmalar bir-birlaridan qanday farq qiladilar?

  2. Qaysi o‘simliklarni qismlardan damlamalar 1:300 nisbatda tayyorlanadi?

  3. Qaysi o‘simliklarni qismlardan damlamalar 1:30 nisbatda tayyorlanadi?

  4. Damlamalar va qaynatmalar uchun resept necha usulda yoziladi?

  5. Qanday dori shakli emulsiya deb ataladi?

  6. Emulsiyalarning nechta turi mavjud?

  7. Emulgator nima?

  8. Qanday emulgatorlarni bilasiz?

  9. Emulsiyalarga reseptlar nechta shaklda yoziladi?


Download 63.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling