damlab qo’yilgach suzib, 1 osh qoshiqdan ichilsin.
Ofisinal dorivor yig’malar yozishga misol.
50 g astmaga qarshi dorivor yig’maga resept yozib berilsin.
Rp.: Species anti astmatici 50,0
D.S. Kuniga 2 marta 1-2 choy qoshiqdan kuydirib, tutuni hidlansin.
ICHISH UCHUN TOMCHILAB BERILADIGAN ERITMALAR
Kuchli va zaharli ta’sir qiluvchi dorivor moddalar ichish uchun tomchilarda taqsimlanadigan eritmalar shaklida beriladi. 1 ml suvli eritma 20 tomchiga teng. Bir marta ichiladigan tomchilar soni tarkibida dorining 1 martalik terapevtik dozasi bo’lishi kerak. Enteral yo’l bilan qo’llash uchun (ya’ni ichish uchun) dorilarning 1 ta terapevtik dozasi o’rta hisobda 5 – 15 tomchida eritiladi va 20 marta qabul qilishga yozib beriladi. Ular kengaytirilgan, qisqartirilgan “ex” va qisqartirilgan foiz shaklida yoziladi.
Ichish uchun tomchilab beriladigan eritmalarga misol. td = 0,0005 bo’lgan Atropin sulfat eritmasini 10 tomchida ichishga buyurilsin.
Hisob: td x 20 marta = 0,0005 x 20 marta = 0,01
10 tomchi x 20 marta = 200 tomchi = 10 ml, chunki 20 tomchi = 1 ml,
200 tomchi = 10 ml
Resept yozishning kengaytirilgan shakli:
Rp.: Atropini sulfatis 0,01
Aquae destillatae 10ml
M.f. solutio
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Qisqartirilgan shakl:
Rp.: Solutionis Atropini sulfatis 0,01 – 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Qisqartirilgan % shakli:
Hisob: 0,01 – 10 ml x= 0,01 x 100 / 10 = 0,1%
X – 100 ml
Rp.: Solutionis Atropini sulfatis 0,1% - 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichilsin.
Ofisinal eritmalarni yozib berishda ularning konsentrasiyasi ko’rsatilmay faqat nomi va miqdori ko’rsatiladi.
Misol. md = 5 tomchi bo’lgan nitrogliserinning spirtli eritmasi yozib berilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |