Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha prorektor prof., Sh. A. Boymuradov “ ” 2018 yil Kafedra: farmakologiya fan: farmakologiya damlamalar. Qaynatmalar. Emulsiyalar


Rp.: Solutionis Nitroglycerini spirituosae 2 ml


Download 63.69 Kb.
bet11/14
Sana29.03.2023
Hajmi63.69 Kb.
#1306058
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2.Damlamalar va qaynatmalar, emulsiyalar. Dorivor yig‘malar.Tomchilar holid

Rp.: Solutionis Nitroglycerini spirituosae 2 ml
D.S. 2 tomchidan 1 chaqmoq qandga tomizilib, til ostiga qo’yilsin.
Misol. Kordiamin eritmasi 10 ml yozib berilsin.10 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Cordiamini 10 ml
D.S. 10 tomchidan ichishga buyurilsin.
TINDIRMA
Tindirma bosh kelishik birlik sonda – Tinctura, qaratqich kelishik birlik sonda – Tincturae.
Tindirmalar deb o’simliklardan tayyorlangan, ozmi-ko’pmi rangli bo’lgan, suyuq, tiniq spirtli, spirt-suvli yoki spirt-efirli ajratmalarga aytiladi. Ularni tayyorlash uchun ko’proq 70% yoki 40% etil spirti qo’llaniladi, chunki unda dori tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi birikma yaxshi eriydi. Shu bilan bir qatorda spirt yaxshi konservasiyalash xossasiga ega. Shu tufayli damlama va qaynatmalarga nisbatan tindirmalar turg’un dori shakli bo’lib, xona haroratida berk idishlarda uzoq saqlash mumkin. Tindirmalar ofisinal preparatlar hisoblanib, Farmakopeya asosida farmasevtik korxonalarda tayyorlanadi va dorixonalarda tayyor xolatda bo’ladi.
Tindirmalar bo’linmagan dori shakli bo’lib, har bir qabul uchun bemor o’zi ajratib oladi.
1 ml suvli eritma = 20 tomchi
1 ml yog’li yoki spirtli eritma = 50 tomchi
Tindirmalarga resept yozishni faqat bitta, ofisinal usuli bo’lib, u Tinctura so’zidan boshlanadi, keyin o’simlikning nomi va tindirmaning miqdori millilitrlarda ko’rsatiladi. Tindirmalar tomchilar bilan taqsimlanadi va asosan ichish uchun beriladi. Ammo ba’zi hollarda sirtga (chayqash) ishlatish uchun berilishi mumkin.
Misol; td = 20 tomchi bo’lgan Valeriana tindirmasiga resept yozilsin, 20 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml
D.S. 20 tomchidan ichilsin.
Tindirmalarni o’zaro aralashtirib, 1 ta reseptda yozib berish mumkin.
Misol. td = 20 tomchi bo’lgan valeriana tindirmasi va td = 10 tomchi bo’lgan marvaridgul tindirmasining aralashmasiga resept yozib berilsin va 30 tomchidan ichish buyurilsin.

Download 63.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling