Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha prorektor prof., Sh. A. Boymuradov “ ” 2018 yil Kafedra: farmakologiya fan: farmakologiya damlamalar. Qaynatmalar. Emulsiyalar


Download 63.69 Kb.
bet12/14
Sana29.03.2023
Hajmi63.69 Kb.
#1306058
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2.Damlamalar va qaynatmalar, emulsiyalar. Dorivor yig‘malar.Tomchilar holid

Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml
Tincturae Convallariae 10 ml
M.D.S. 30 tomchidan ichilsin.
EKSTRAKT (Extracta)
Ekstrakt bosh kelishik birlik sonda - Extractum, qaratqich kelishik birlik sonda- Extracti.
Ekstraktlar deb o’simliklardan spirt, efir yoki suv yordamida tayyorlangan, konstentrlangan ajratmalarga aytiladi. Tarkibidagi suyuqlik miqdoriga qarab ular suyuq (Extracta fluida), quyuq (Extracta spissa) va quruq (Extracta sicca) ekstraktlarga bo’linadilar.
Suyuq ekstraktlar rangli suyuqlik bo’lib odatda 1:1 nisbatda tayyorlanadi. Shuning uchun ham tindirmalarga nisbatan ta’sir etuvchi modda konsentrasiyasi ularda yuqori bo’ladi. Suyuq ekstraktlar ofisinal bo’lib, bo’linmagan dori shakli hisoblanadi. Ichish uchun tomchilarda beriladi. Resept yozish usuli tindirmalarnikidek, Extracti deb boshlanadi, so’ngra o’simlik nomi va albatta ekstraktning turi ko’rsatiladi. So’ngra ekstraktning bemorga berilishi lozim bo’lgan miqdori ko’rsatiladi. Agar suyuq ekstrakt bo’lsa, ml larda belgilanadi. So’ngra signaturada bir gal ichishi lozim bo’lgan tomchilar soni ko’rsatiladi.
Misol. Itshumrutning 30 ml suyuq ekstraktiga resept yozib berilsin, 30 tomchidan ichish uchun buyurilsin.
Rp.: Extracti Frangulae fluidi 30 ml
D.S. 30 tomchidan ichilsin.
Quyuq ekstraktlar quyushqoq (xamirsimon) massa bo’lib tarkibida namlik 25% dan ko’p bo’lmaydi. Kuchli qovushqoqligi tufayli ular hap (pilyulya) tayyorlashda yoki korrigens sifatida qo’llanishi mumkin.
Quruq ekstraktlar sochma ko’rinishiga ega bo’lib namligi 5% ortiq bo’lmaydi. Ular ekstraktlarni eng rasional xili hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda ularning soni ko’payib bormoqda. Quruq ekstraktlarni sochma dori, tabletka, kapsula, hap dori va shamcha tayyorlashda qo’llaniladi.
NOVOGALEN PREPARATLARI
Novogalen peparatlari spirt, spirt-efir yordamida o’simlik xomashyosidan olinib, ballast moddalaridan imkoni boricha tozalangan ajratmalardir. Shuning uchun ham ular nafaqat ichish uchun, balki parenteral yo’l bilan yuborish uchun ham buyuriladi. Har bir novogalen preparatning maxsus nomi bor. Barcha novogalen preparatlari ofisinal bo’ladi. Ichish uchun buyurilgan novogalen preparatini yozishda preparatning nomi va miqdori ko’rsatiladi. Ichish uchun flakonlarda, in’ekstiya qilish uchun ampulalarda chiqariladi. Novogalen preparatlari terapevtik jihatdan juda aktiv va saqlaganda turg’un birikmalardir.
Misol. Adonizidning novogalen preparatidan 15 ml yozib berilsin.15 tomchidan ichish uchun buyurilsin.

Download 63.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling