Davolovchi gimnastika muolajasining tugallanish qismi – bunda organizmga yengil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holati-ga qaytishi ta'minlanadi.
Dastlabki holat – mashqlar bajariladigan holat.
Ertalabki badan tarbiya - 15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi.
Terrenkur -har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispan-serlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi.
Sog‘lomlashtiruvchi yugurish - me'yorli sur'atda yugurish uchun oyoqlar ma'lum balandlikka ko‘trilib yuguriladi.
Sayr qilish, ekskursiya - sog‘lomlashtirish, organizmni mustahkamlash, chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida foydalaniladi.
Yaqin turizm - asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yurish tavsiya etiladi.
O‘yinli darslar - shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi.
Massaj – bu kasallikni davolash va oldini olish usulidir. U bilan tana yuzasiga yoki ba'zi organlarga maxsus usullar bilan ta'sir tiladi. massaj asosan qo‘l bilan qilinadi, lekin maxsus asboblar yordamida apparat bilan ham o‘tkaziladi.
Sport massaji - Bu massaj turi sportchilarning funksional holatini, sport formasini yaxshilash, jismoniy ish bajarish qobiliyatini oshirish, jarohat va tayanch-harakat apparati kasalliklarining oldini olish uchun qo‘llaniladi. Sport massaji dastlabki (mobilizatsion) va tiklovchi massajlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |