Apparatli massaj - bu usulning kamchiligi shundaki, massajist uqalanayotgan sohani sezmaydi, ba'zi massaj usullarini qo‘llab bo‘lmaydi. Shuning uchun apparatli massaj qo‘lli massajga qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llaniladi. Amaliyotda ko‘p hollarda vibriomassaj, pnevmomassaj (vakuumli) va gidromassaj qo‘llaniladi.
Kombinatsiyalangan massaj - bu apparatli massajning klassik yoki segmentar massajning birgalikda o‘tkazilishidir. Kombinatsiyalangan massaj organizmga fiziologik ta'sirini kuchaytiradi, massaj muddatini qisqartiradi va ko‘pchilikka o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bu massaj sport amaliyotida keng qo‘llaniladi. Shuningdek jarohatlarda, tayanch-harakat apparatining kasalliklarida va asab sistemasi kasalliklarida keng qo‘llaniladi.
ReFeRAT MAVZULARI
Davolash va tibbiy-pedagogika fakultet uchun
1.Aerob mashqlar. Nafas mashqlarni turlari: statik, dinamik va mahsus. Noa'nanaviy nafas mashqlari: u-shu, pranayyama-yoga va h.z. Ta'sir mexanizmlari, o‘tkazilish tartibi.
2.Vegetativ distoniya sindromida DJT vositalarini qo‘llanishi.Organizmning jismoniy rivojlanishiga, salomatlik holatiga, ichki organlarning rivojlanishi va funksional holatiga jismoniy mashqlarning ta'siri.Organizmning salomatligini mustahkamlashda harakat faolligini tanlash, DJTning vosita va shakllarini aniqlash va qo‘llash.
3. Miofassial og‘riq sindromlarini DJT bilan davolash. Umurtqa pog‘ona kasalliklarida DJT vositalraini qo‘lash.Izeometrik mashqlardan keyngi relaksatsiya.Umurtqa pog‘anasi kasalliklarida umurtqa pog‘anasini cho‘zish (traksion terapiyasi).Yogasana (maxsus dastlabki holatda davolash). Pol Breg bo‘yicha mashqlar komleksi.
4.Manual terapiya.Ta'sir mexanizmi, Uslublari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
5.Massaj.Massaj turlari: davolash, gigienik, sport, kosmetik, reflektor-segmentar. Ta'sir mexanizmi, Uslublari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
6.Gidrokinezoterapiya.Ta'sir mexanizmi, Uslublari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |