Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Antroponimlashuv // antroponimizatsiya –


Download 251.98 Kb.
bet35/53
Sana08.09.2023
Hajmi251.98 Kb.
#1674306
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
Tasdiqlayman-fayllar.org

Antroponimlashuv // antroponimizatsiya – turdosh so‘z (apellyativ leksika)ning yoki boshqa tip atoqli otning kishi atoqli oti vazifasiga o‘tishi. Masalan: Qo‘qon (shahar) – Qo‘qonboy (ism), Toshkent (shahar) – Toshkentboy (ism) kabi.


  • Antropooykonimlar – kishi ismlari, laqab, taxalluslar, familiyalardan yasalgan turar nomlari. Masalan: YUsufqo‘rg‘oncha, Yo‘ldoshobod kabi.


  • Apellyativ – (lotincha apellyativum – turdosh ot) – atoqli otga qarama-farshi qo‘yiluvchi, atoqli ot yasash uchun lisoniy asos bo‘luvchi turdosh va boshqa til leksemalari.


  • Apellyativ asos – atoqli otni yasash uchun asos bo‘lgan turdosh ot, leksema.


  • Areal toponimika // mintaqaviy toponimika – toponimiyaning turli hududlar bo‘ylab tarqalish xususiyatlarini o‘rganuvchi tarmog‘i.


  • Astronim – (yunoncha astro – yulduz, onoma – atoqli ot) – alohida olingan samoviy jismlar, ob’ektlar (yulduzlar, sayyoralar, kometalar, asteroid va boshqalar) nomi. Atoqli ot turi.


  • Atash tizimi // atash sistemasi – 1) biror tilning turli ob’ektlarni nomlash imkoniyatlari va ular orasidagi ichki bog‘liqlik qonuniyatlari majmui; 2) turli ob’ektlarni nomlash bilan bog‘liq qrnuniyatlarning o‘zaro ichki bog‘liqligi, aloqadorligi.


  • Atoqli otlar – kishilarning ismlari, familiyalar, otasining ismi, taxalluslar, shuningdek geografik nomlar, planeta va yulduzlarning nomlari, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar atoqli otlar jumlasiga kiradi.


  • Atoqli otning nominativ vazifasi (funksiyasi) atoqli otning atash, atoqli ot bo‘lib kelishdan iborat vazifasi.


  • Badiiy adabiyot onomastikasi – 1) badiiy asar tilida uchraydigan atoqli otlar majmui; 2) nomshunoslikning badiiy asar tilida uchraydigan atoqli otlarni o‘rganuvchi tarmog‘i.


  • Bationim – (yunoncha badu – chuqurlik, onoma – atoqli ot) – okean ostida mavjud bo‘lgan tabiiy ob’ektlar, okean landshaftlari (tog‘, sayoz joylar, jarliklar, yoriqlar, o‘pg‘onlar) atoqli oti.


  • Biblionim – (yunoncha bibliov – kitob, onoma – atoqli ot) – har qanday badiiy, ilmiy, diniy, siyosiy asarga berilgan nom (sarlavha). Ideonim turi.


  • Bionim – (yunoncha bios – hayot, onoma - nom) – jonli organizmlar (odam, hayvon, qush va boshqalar)ning atoqli oti: antroponim, zoonim kabilar.



  • Download 251.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling