Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 251.98 Kb.
bet37/53
Sana08.09.2023
Hajmi251.98 Kb.
#1674306
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
Tasdiqlayman-fayllar.org

Dublet nom – ma’no jihatdan teng bo‘lgan ikki yoki undan ortiq atoqli ot.


  • Er tili – majoziy ma’nodagi ibora bo‘lib, toponimlar ko‘zda tutiladi.


  • YOzma yodgorliklar onomastikasi – 1) o‘tmishdan meros bo‘lib qolgan yozma obidalar tilida uchraydigan atoqli ot; 2) ana shunday material yuzasidan amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot.


  • Joy nomlarini milliylashtirish – 1) joylarga beriluvchi nomni milliy tilning o‘z ichki imkoniyatlaridan axtarish; 2) bosqinchilik va boshqa xil siyosiy, mafkuraviy zug‘umlar tufaydi majburiy holda paydo bo‘lgan nomlarni o‘z tiliga oid nomlar bilan almashtirish; 3) joyning zo‘ravonlik siysati tufayli iste’moldan chiqqan tarixiy, madaniy ahamiyatga molik bo‘lgan nomini qayta tiklash.


  • Joy nomlarining “Qizil kitob”i – tarixiy, madaniy, lisoniy ahamiyatga molik bo‘lgan nomlarni asrash maqsadida tuziladigan, unda ana shunday nomlar ro‘yxati ma’lum izohlar bilan beriladigan kitob. Ushbu kitobga kirgan nomlarni rasmiy ravishda davlat tomonidan muhofaza qilish ko‘zda tutiladi.


  • Joy nomlari etimologiyasi – 1) toponimlarning kelib chiqish tarixi, ilk lisoniy shaklini aniqlash uchun olib boriladigan tahlil; 2) nomshunoslikning toponimlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi yo‘nalishi.


  • Zamonaviy nomshunoslik – 1) nomshunoslikning hozirgi tilda mavjud bo‘lgan atoqli otlarni o‘rganuvchi sohasi; 2) atoqli otlarni zamonaviy tilshunoslikning ilg‘or usullarida tadqiq qiluvchi ilmiy yo‘nalish.


  • Zoonim – (yunoncha zoon – hayvon, onoma – atoqli ot) – zotli hayvonlar (uy hayvoni, zoologik bog‘, sirk, qo‘riqxonalardagi, shaxsiy qarovdagi va shu kabilar)ga qo‘yilgan maxsus laqab nomlar. Atoqli ot turlaridan biri.


  • Zootoponimlar – hayvonlar atoqli otiga nisbat berib yasalgan joy nomlari.


  • Ideonim – (yunoncha ideya, g‘oya, onoma – atoqli ot) – tarixiy asarlar, xujjatlar atoqli oti: artionim, biblionim, gemeronim, geortonim, dokumentonim, poetonim, xrononim. Atoqli ot tiplaridan biri.



  • Download 251.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling