Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 251.98 Kb.
bet38/53
Sana08.09.2023
Hajmi251.98 Kb.
#1674306
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
Tasdiqlayman-fayllar.org

Insulonim – (lotincha insula – orol, onoma – atoqli ot) – har qanday orolning atoqli oti.


  • Irradatsiya // toponimning irradatsiyasi – (lotincha irradiya - nurlanish) – biror geografik ob’ekt nomining unga yaqin joylashgan boshqa biror ob’ektga o‘tishi.


  • Ism-bag‘ishlovlar // memorativlar – 1) biror narsa, ob’ekt va shu kabilar nomiga nisbat berib yasalgan ismlar: Quyoshbek, Oyxon, Bo‘riboy, Bulutbek, YUlduz; 2) biror shaxs xotirasini e’zozlab, chaqaloqni uning ismi bilan atash. CHunonchi: marhum bobo, buvi, ota, ota yoki boshqa qarindoshlar ismining yangi tug‘ilgan chaqaloqqa qo‘yilishi.


  • Ism-istaklar // deziterativlar – ism beruvchilarning bolalarga atalgan orzu-istaklarini ifoda etuvchi ismlar: Borbo‘lsin, O‘rinbosar, Ulbo‘sin (O‘g‘ilbo‘lsin) kabi.


  • Ichki konversiya – atoqli otning tilda mavjud atoqli ot negizida yasalishi, ya’ni biror atoqli otning boshqa tip atoqli ot vazifasiga o‘tishi: Toshkent (shahar) - Toshkent (mehmonxona); Zarafshon (daryo) – Zarafshon (shahar) – Zarafshon (mehmonxona) kabi.


  • Kinonim – (yunoncha kunos – it, onoma – atoqli ot) – itlarga berilgan maxsus laqab-nom, atoqli ot. Zoonim turi.


  • Kontaminatsiya – (lotincha kontaminatsiya – yaqinlashtirish, qo‘shish) – ikki o‘xshash nom qismlarining chatishuvi (aralashuvi) natijasida yangi atoqli otning hosil bo‘lishi.


  • Kosmonim – (yunoncha kosmos – olam, koinot, onoma ot – atoqli ot) – kosmik fazoda joylashgan samoviy ob’ektlar (kosmik fazo, galaktika, yulduzlar, sayyoralar va ular yuzasidagi tabiiy ob’ektlar)ning atoqli oti. Atoqli ot tiplaridan biri.


  • Ktematonim // xrematonim xalq tarixi, madaniyati uchun ma’lum ahamiyatga molik bo‘lgan ba’zi nodir qurollar, asbob-uskunalar, buyumlarning atoqli oti.



  • Download 251.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling