Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 251.98 Kb.
bet39/53
Sana08.09.2023
Hajmi251.98 Kb.
#1674306
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
Tasdiqlayman-fayllar.org

Landshaft toponim – er yuzasining umumiy ko‘rinishi, manzarasi bilan bog‘liq bo‘lgan jug‘rofiy ob’ektning atoqli oti.


  • Makrotoponimlar – (yunoncha makro – katta) – -yirik ob’ektlar – qit’alar, mamlakatlar, o‘lkalar, okean, dengiz va daryolar, tog‘lar, respublika, viloyat va shaharlarning nomlaridir.


  • Metateza – (yunoncha metatesis – joy almashtirish) – onomastik birliklar tarkibidagi so‘zlarning o‘rin almashishi. Masalan: Beshog‘och – Bechog‘osh, sayram – Saryom kabi.


  • Metafora – (yunoncha metaforis - ko‘chirish) – onomastik birliklarni hosil qiluvchi so‘zlarning ko‘chma ma’noda ishlatilishi. Masalan: Tuyatosh – katta qoya, Mingbuloq – ko‘p buloq kabi.


  • Metonimiya – (yunoncha – qayta nom qo‘yish) - onomastik birliklar (ayniqsa, toponimlar)ning qo‘shni ob’ekt nomiga o‘tish (ko‘chish) hodisasi. Masalan: Zarafshon daryosi – Zarafshon shahri – “Zarafshon” restorani; CHirchiq daryosi – CHirchiq shahri, Ko‘ksuv daryosi – Ko‘ksuv daryosi – Ko‘ksuv tizmasi, Vaxsh daryosi – Vaxsh tizmasi kabilar.


  • Mikrotoponimlar – (yunoncha mikro - kichik) – o‘zida jar, tepalik, qir, buloq, quduq, hovuz, jilg‘a, soy, ariq, dala, dasht, ztloq, mahalla, guzar, ko‘cha, tupik, proezd singari mayda joy ob’ektlarining atoqli otlarini o‘zida mujassamlashtiradi.


  • Neotoponimlar – mustaqillik yillarida paydo bo‘lgan toponimlar, joy nomlari. Masalan: Istiqlol ko‘chasi, Mustaqillik maydoni kabi.


  • Oykonimlar – (yunoncha oykos – uy, turar joy) – tarkibiga qishloq, posyolka, shaharcha, ovul, mahalla, guzar, ko‘chalarning nomlari kiradi.


  • Onomastika – onomastika asli yunoncha so‘z bo‘lib, “nom qo‘yish san’ati” degan ma’noni bildiradi hamda u tilshunoslikning atoqli otlarni o‘rganuvchi soha nomidir.


  • Oronimlar - (yunoncha oros - tog‘) – er yuzasining relef shakllari – tog‘, cho‘qqi, tepa, qir, jarlarga atab qo‘yilgan nomlar.



  • Download 251.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling