Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Biotoponim – jonli mavjudotlar nomiga nisbat berib yasalgan toponimlar. Venusonim


Download 251.98 Kb.
bet36/53
Sana08.09.2023
Hajmi251.98 Kb.
#1674306
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
Tasdiqlayman-fayllar.org

Biotoponim – jonli mavjudotlar nomiga nisbat berib yasalgan toponimlar.


  • Venusonim – (lotincha Venus – Venera, onoma – atoqli ot) – Venera sayyorasidagi har qanday tabiiy-fizikaviy ob’ektlarning atoqli oti. Astrotoponim turi.


  • Gapiruvchi antroponim – badiiy adabiyot tilida o‘zi anglatayotgan shaxs yoki ob’ekt haqida ijobiy yoki salbiy ma’no tashuvchi, uni biror tomondan xarakterlovchi atoqli ot (ism).


  • Gelonim – (yunoncha gelos – botqoq, onoma – atoqli ot) – botqoqning atoqli oti. Gidronim turi.


  • Genonim – (yunoncha genos – urug‘, oila, nasl-nasab, onoma – atoqli ot) – urug‘, avlod-ajdod va ular tarmoqlarining atoqli oti.


  • Geomorfologik oykonimlar – erning tuzilishi, sathi bilan bog‘liq bo‘lgan ahldi punktlarining nomlari. Masalan: Tepaqishloq, G‘ortoepa, YAssitepa kabi.


  • Geortonim – (yunoncha georto – bayram, onoma – atoqli ot) – har qanday bayram, festival, xotra kunlari va mana shunday marosim va tadbirlarga berilgan atoqli ot. Ideonim turi.


  • Gidronimlar – (yunoncha gidro - suv) – suv ob’ektlarining, ya’ni dengiz, daryo, ko‘l, soy, ariq, buloq, quduq singarilarning atoqli otlaridir. Masalan: CHimqo‘rg‘on suv ombori, Naymansoy kabi.


  • Gipponim – (yunoncha gippos – ot, onoma – atoqli ot) – zotli otlarga beriladigan laqab nomlar: Boychibor, G‘irko‘k, Qamishquloq va boshqalar. Zoonim turi.


  • Dialektal antroponimiya – 1) biror xududiy lahjada uchraydigan antroponimlar majmui, boyligi; 2) Lahjaviy xususiyatga ega bo‘lgan kishi atoqli otlari.


  • Diminutiv – kichraytirilgan shakldan toponimlarning yasalishi; O‘zbekistonda –cha, -chak, ba’zan –ik affikslari diminutiv shakldagi toponimlar yasashga xizmat qiladi; bunday toponimlar otlardan (Xisorak, Xumdonak kabi), sifatlardan (Ko‘kcha, Oqcha, Qoracha kabi), etnonimlardan (Do‘rmoncha, Naymancha kabi) yasalishi mumkin.


  • Drimonim - (yunoncha drimos – daraxtzor, o‘rmon, onoma - nom) – o‘rmon, o‘rmon massivlari, qarag‘ayzorlar, terakzorlar atoqli oti. Toponim turi.


  • Dromonim – (yunoncha dromos – yo‘l, onoma – atoqli ot) – harakatlanishga mo‘ljallangan har qanday (er usti, er osti, suv usti, suv osti) yo‘llarining atoqli oti. Toponim turi.



  • Download 251.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling