21. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining kommunikativ
ta’minoti?
a. O‘quvchilar ichki dunyosini, individual xususiyatlarini o‘rganadi.
b. O‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab kommunikativ muloqot ishlab chiqiladi.
s. Xushmuomalalik bilan psixologik muhit tashkil qilinadi; obyektni
psixologik jihatdan zabt etish amalga oshiriladi.
d. Muloqotda demokratik tizimdan foydalaniladi; erkin muloqot qilishga
imkoniyat beriladi.
22. Pedagogik faoliyatning turli metodlaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan, o‘quvchilarning individual yosh xususiyatlaridan, ta’sirning rejalashtirilgan metodlaridan kelib chiquvchi vazifa...?
a. Ta’lim-tarbiya vazifalarni bajarish.
b. Kommunikativ vazifalarni bajarish.
s. Pedagogik mahorat funksiyalarini bajarish.
d. Pedagogik-psixologik vazifalarni bajarish.
23. O‘qituvchi tomonidan muntazam bajarib boriladigan kommunikativ vazifalar?
a. Muloqotning uzluksiz jarayonlari, qonuniyatlari, tizimi va
tamoyillarini o‘rganish.
b. Pedagogik kommunikatsiyani ta’lim jarayonida bevosita qo‘llash tartibi va texnologiyalarini egallash.
s. Pedagogik muloqotning ko‘nikma va malakalarini uzluksiz o‘zlashtirib
borish, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
24. O‘qituvchining nutqiga qanday talablar qo‘yiladi?
Ma’naviy, kasbiy, pedagogik.
Madaniy, kasbiy, pedagogik.
Ta’limiy, tarbiyaviy, pedagogik.
Madaniy, tarbiyaviy.
25. Pedagogik xususiyatiga ko‘ra o‘qituvchining kommunikativ muloqoti ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lgan tizim....?
a. Axborot kommunikativ; regulyatsion kommunikativ; affektiv- kommunikativ.
b. Regulyatsion kommunikativ; pedagogik kommunikativ; psixologik-
kommunikativ.
s. Affektiv kommunikativ; texnologik kommunikativ; tizimli kommunikativ.
d. Axborot kommunikativ; nutqiy qobiliyatga asoslangan kommunikativ;
didaktik kommunikativ.
Do'stlaringiz bilan baham: |