a) har doim emas (3 ochko);
b) doimo (1 ochko);
v) vaziyatga qarab (2 ochko).
Endi yig‘ilgan ballaringiz natijasi bilan tanishing:
24 ball va undan kam. Siz muloqotda yengil tabiatlisiz, shu bilan birga, jur’atsiz, tortinchoq insonsiz. Qat’iyatsizligingiz ba’zan hayotda bajarayotgan ishingizga hamda, biror maqsadga erishishingizga xalal beradi. Doimo xotirjamlikni sevishingiz va o‘zingizni himoya qilishga o‘rganishingiz kerak. Ushbu xususiyatlar sizda mutlaqo yo‘q.
24 dan 31 ballgacha. Siz bilan muloqot qilish huzur bag‘ishlaydi, biroq sizning kayfiyatingiz o‘zgaruvchan. Ba’zan his-tuyg‘ularingiz tez-tez ko‘tarilib, do‘stona muloqotda xalaqit beradi. Sabr-toqatli bo‘ling, salbiy his-tuyg‘ularingizni nazorat qiling. Ularni arzimagan sabablar bilan yuzaga chiqishiga erk bermang.
32 ball va undan yuqori. Ba’zan siz hatto darg‘azab insonga aylanasiz. Buni o‘zingiz yaxshi bilasiz, ammo biror chora ko‘rolmaysiz. Siz o‘zingizni janjallashayotgan yoki bahslashayotgan kishingizning o‘rniga qo‘yib ko‘ring, bu inson sizga qanday ko‘z bilan qarayotganligini tasavvur qiling. Uning obrazi sizga yoqadimi? Siz haddan tashqari talabchansiz va boshqalarni tanqidiy nazar bilan ko‘rasiz. Odamlar siz bilan murosaga kelishga, til topishga qiynalishadi. Atrof-muhitingizda sizni o‘rab turgan kishilar bilan samimiy munosabatda bo‘ling, ularning kamchiliklarini kechirishni o‘rganing.
2. Muloqot siz uchun muhim ahamiyatga egami?
Hurmatli o‘qituvchi. Ushbu test sizga atrof-muhitdagilar bilan muloqot qilish va do‘stlaringiz siz uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligingizni aniqlashga yordam beradi. Test natijalari asosida esa, qanday qilib kishilar bilan yaxshi muloqot o‘rnatish kerakligi va qanday kasbni tanlash lozimligi to‘g‘risida ham ma’lumot olasiz.
Agarda sizga yana bir marotaba kasb tanlash erkinligi berilganda, quyidagi kasblardan qaysi birini tanlar edingiz (bir xil maosh olish sharti bilan)?
Do'stlaringiz bilan baham: |