Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor X. Kadirov
Nutq necha turga bo‘linadi?
Download 1.96 Mb.
|
Pedagogik mahorat MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z muloqotingizdan qoniqasizmi
25. Nutq necha turga bo‘linadi?
1 ta: muloqot nutqi. 2 ta: og‘zaki, yozma. 3 ta: og‘zaki, yozma, tashqi. d. 4 ta: impressiv, ekspressiv, og‘zaki, yozma. O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi va kamchiliklarini bartaraf etishi uchun psixologik testlar. O‘qituvchining ta’lim muassasasidagi pedagogik faoliyatida va atrofini o‘rab turgan insonlar – do‘stlari, hamkasblari, o‘quvchilari bilan o‘zaro suhbatida muloqot qilish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Zero, aql–idrok va chuqur mulohaza, tafakkur va vazminlik bilan muomala qilish, ayniqsa o‘qituvchidan talab qilinadigan pedagogik mahoratning bir qismidir. Uning hurmati, izzati, e’tibori so‘zlarni oqilona terib gapirishida mujassamlashgan. Shu ma’noda ta’kidlash joizki, o‘qituvchining “aql–zakovati, fikr–tuyg‘ulari, bilimi va muloqot madaniyati saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muloqot madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida adashishi, xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Vaholanki, o‘qituvchi muloqotida birgina adashish, yoki qo‘pollik uning pedagogik faoliyatida tuzatib bo‘lmas xatoliklarni keltirib chiqaradi. O‘qituvchi o‘z muloqoti bilan nimalarga qodir ekanligini muntazam bilib, xato va kamchiliklarini darhol tuzatib borishi kerak. Quyidagi psixologik testlar oson echiladi va natijalari asosida siz muloqotingizda ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan kamchiliklarni aniqlaysiz va uni o‘z vaqtida bartaraf etishingiz mumkin. O‘z muloqotingizdan qoniqasizmi? Hurmatli o‘qituvchi, qayerda bo‘lmasin muloqot jarayonida erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz pedagogik faoliyatingizda va kundalik hayotingizda muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘quvchilarni, do‘stlaringizni, ba’zan uchraydigan hasadgo‘y hamkasblaringizni va rahbaringizni sizga nisbatan munosabati muloqotda qanday inson ekanligingizga bog‘liq. Kishilarga hamdard bo‘lish, ko‘maklashish, iltimosini bajarish yoki bajarmaslik sizning xohish–istagingiz. Ushbu vaziyatlarda muloqotingiz qay darajada ekanligini bilishni istaysizmi? Quyidagi test savollariga javob bering. Har bir javob uchun yig‘ilgan ochkolar miqdoriga qarab muloqotda nimalarga qodir ekanligingizni hamda kamchiliklaringizni bilib olasiz. 1. Muloqot jarayonida hamkasblaringiz bilan tez–tez bahslashib turasizmi? Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling