v) xotirjam va vazmin kishi sifatida (1 ochko).
8. Qaysi hayvon bilan xayolan chiqisha olasiz?
a) ayiq (1 ochko);
b) mushuk (2 ochko);
v) yo‘lbars (3 ochko).
9. Biror kishi bilan janjallashib qolganingizda, yarashish uchun sabab izlashga harakat qilasizmi?
a) hech qachon (3 ochko);
b) doimo (1 ochko);
v) ba’zan (2 ochko).
10. Suhbatdoshingiz sizning suhbatingizni tinglamasa?
a) nimaga mening suhbatim uni qiziqtirmayotganligini odob bilan
so‘rayman (2 ochko);
b) namoyishkorona suhbatni to‘xtataman, yoki umuman qayrilib ketvoraman (3
ochko);
v) vaziyatni xotirjam baholayman, sukut saqlab, so‘ngra muloqotni davom
ettiraman (1 ochko).
11. Maktabda sizning farzandingizni bir bola xafa qildi?
a) o‘qituvchini jalb qilib, darhol chora ko‘rishni talab qilaman (3 ochko);
b) muammoni hal qilishni farzandimning o‘ziga havola etaman (1 ochko);
v) o‘sha bolaga qanday “javob” qaytarish kerakligini farzandimga
o‘rgataman (2 ochko).
12. O‘zaro murosaga kelishda doimo peshqadamlik qilasizmi?
a) hech qachon (3 ochko);
b) sharoitga qarab (2 ochko);
v) ko‘pincha (1 ochko).
13. Taksida ketayotganingizda haydovchiga yo‘l harakatiga taalluqli bo‘lgan biror qoidani o‘rgatasizmi?
a) hech qachon (1 ochko);
b) ha, agarda u uzoq bir masofani tanlab yursa (2 ochko);
v) avtomashinani boshqarishda mening asabimga tegadigan nojo‘ya manyovr qilsa, noroziligimni bildiraman (3 ochko).
14. Siz o‘zingizni ulfatlaringizning jonu dili deb hisoblaysizmi?
a) ba’zan (2 ochko);
b) doimo (3 ochko);
v) yo‘q (1 ochko).
15. Siz hamisha odamlarga nisbatan e’tiborlimisiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |