Mustaqil ta’lim topshiriqlari №3.
1-Topshiriq. “Pedagogika” darsligining mavzuga bagʻishlangan boʻlimini oʻqib chiqib, maktab oʻquvchilari yosh davri xususiyatlariga tavsifnoma yozish.
Tavsifnoma yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1. Tavsif yozishdan maqsadni aniqlash.
2. Matnning asosiy semantik qismlarini ajratib ko‘rsatish.
3. Mavzuning xususiyatlari, o’ziga xosliklarini yoritib berish.
4. Tushuntirishni talab qiladigan tushunchalarni ajratib ko‘rsatish.
5. O’rganilayotgan materialning muhim jihatlarini izchil va qisqacha bayon qilish.
6. Asosiy qoidalar bo'yicha xulosalar, aniq faktlar va misollar tavsifga kiritilishi lozim.
7. Mazmunni vizual aks ettirish usullaridan foydalanish (tagiga chizishning turli usullari, turli rangdagi qalamlar).
8. Iqtibos keltirish qoidalariga rioya qilish.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 3.
2-Topshiriq. Oʻquvchilarni pedagogik va psixologik jihatdan oʻrganib, tavsifnoma tayyorlash.
Tavsifnoma tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyalar:
Pedagogik-psixologik xarakteristika shaklidan ko‘zlangan asosiy maqsad - shaxsning pedagogik-psixologik xarakteristikasini, uning ichki imkoniyati va aniq harakatlar tavsifini aniqlashdan iborat.
Pedagogik-psixologik xarakteristikaning asosiy vazifalari:
- shaxsning pedagogik-psixologik xarakteristikasini yaratish;
- shaxsning psixologik xususiyatlarini aniqlash;
- insonning pedagogik -psixologik ichki dunyosiga aloqador holatlarni aniqlash;
- insoniy his-tuyg‘ular va harakatlar mazmunini aniqlash;
- intellektual solohiyatini tavsiflash;
- irodaviy sohasini tashxis qilish;
- kommunikativ imkoniyatlariga baho berish;
- bilish jarayonlari ko‘lamini aniqlash.
Baholash mezonlari:
Shaxsning pedagogik - psixologik xarakteristikaning to‘liq yoritib berilganligi.
Shaxsning epdagogik-psixologik xarakteristikaning o‘rtacha tasvirlaganligi.
Shaxsning psixologik portretining qisman yoritib berilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |