«tasdiqlayman» Pedagogika psixologiya fakulteti dekani U. Q. Maqsudov


-Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasini o‘qish va konspektlashtirish (2020-yil)


Download 198.5 Kb.
bet6/19
Sana08.02.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1168958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
мустақил таълим учун курсатма (3)

1-Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasini o‘qish va konspektlashtirish (2020-yil).


Konspekt yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:


Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi:
1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni matn tarzida yozadi, og‘zaki bayon etadi, misollar keltiradi, asoslaydi, isbotlaydi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi.


Matn-konspekt nima va u qanday yoziladi?
-reja, ko‘chirib olingan matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
-ifodaning ichki mantig‘ini ko‘rsatadi;
-asosiy xulosa, dalillar, isbotlar, uslublarni o‘zida mujassam etadi;
-materialga nisbatan uning tuzuvchisiga munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.


Matn-konspekt yozishda nimalarga e’tibor qaratish muhim?
-NIMA HAQIDA gap ketishiga;
-NIMALAR tasdiqlanishiga;
-QANDAY isbotlanishiga.


Mustaqil ta’lim topshiriqlari №1.
2-Topshiriq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020-yil) asosida pedagoglarning huquqiy maqomi mavzusida ma’ruza tayyorlash.
Ma’ruza tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyalar:

1) mavzu bo'yicha tavsiya etilgan adabiyotlarni o'rganish va tahlil etish. Bunda bibliografik ma'lumotlarning uchta manbasini ajratib ko'rsatish zarur:


- birlamchi (maqolalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va boshqalar);
- ikkilamchi (bibliografiya, ilmiy jurnallar, grafik-sxemalar, diagrammalar va boshqalar);
- uchinchi darajali (sharhlar, kompilyatsiya ishlari, ma'lumotnomalar va boshqalar);
2) tanlangan mavzuga mos to‘liq mantiqiy ochib bera oladigan reja tuzish;
3) quyidagi talablarga rioya qilgan holda doklad yozish:
- ma'ruza tuzilishi jihatdan quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: muammoning dolzarbligini asoslovchi qisqacha kirish; asosiy matn; o'rganilayotgan muammo bo'yicha xulosalar; foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati;
- ma'ruza mazmunan umumiy qoidalar mustahkamlanishi va aniq misollar bilan tushuntirilishi kerak; darslik yoki o‘quv qo‘llanmaning alohida boblarini qayta aytib bermaslik, balki ko‘rib chiqilayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan o‘z fikrini bayon etish, o‘z takliflarini bildirish lozim.



Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling